Qidiruvdagi bankirlar, oshgan NPL va pensiya yoshini oshirish taklifi — hafta dayjesti
Ortda qolgan haftada ANORBANK Kuzatuv kengashi aʼzosi Qahramonjon Olimov OAV maʼlumotiga koʻra qidiruvga berildi, Madad Invest Bank asoschisi Moʻminjon Yoʻldashevga nisbatan esa Interpol Red Notice eʼlon qildi.
Ayni paytda bank tizimidagi muammoli kreditlar yil boshidan 32,5 foizga oshib, 23,9 trln soʻmga yetdi. Shuningdek, 2028 yildan pensiya yoshini bosqichma-bosqich uch yilga oshirish taklif qilindi.
Pinkod ortda qolgan haftaning asosiy iqtisodiy va moliyaviy yangiliklarini jamladi.

UzAuto Motors xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Davaktiv yaqin vaqt ichida UzAuto Motors’dagi 99,7 foiz va UzAuto Motors Powertrain’dagi 100 foiz davlat ulushini sotish boʻyicha tender eʼlon qilishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, davlat yana toʻqqizta kompaniyadagi ulushlarini jami 476,9 mlrd soʻm boshlangʻich narxda savdoga qoʻydi. UzAuto boʻyicha | 9 ta kompaniya boʻyicha
Banklardagi muammoli kreditlar 5,9 trln soʻmga koʻpaydi

Yil boshidan NPL hajmi 32,5 foizga oshib, 23,9 trln soʻmga yetdi. Shu davrda umumiy kredit portfeli atigi 6,7 foizga oʻsgan. “Mikrokreditbank”ning muammoli kreditlari esa bir oyning oʻzida 486 mlrd soʻmga koʻpayib, 2,28 trln soʻmga chiqdi. Bank tizimi boʻyicha | “Mikrokreditbank” boʻyicha
Pensiya yoshini uch yilga oshirish taklif qilindi
Muhokamaga qoʻyilgan loyiha 2028 yildan pensiya yoshini har yili uch oyga oshirishni nazarda tutadi. Taklif qabul qilinsa, 2039 yilga kelib erkaklar 63, ayollar 58 yoshda pensiyaga chiqadi. Eng kam ish stajini ham 7 yildan 15 yilgacha uzaytirish rejalashtirilgan. Batafsil
Hana Bank Oʻzbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreyaning Hana Bank’i 2026 yil oxirigacha Oʻzbekistonda vakolatxona ochmoqchi. Hozircha gap toʻliq tijorat bankini tashkil etish haqida emas. Batafsil
Pedagoglar farzandlariga 30 foizlik chegirma beriladi
2026/2027 oʻquv yilidan davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida oʻqiyotgan pedagoglar farzandlari kontrakti 30 foizga kamaytiriladi. Bir oiladagi bir nechta farzand talablarga mos kelsa, chegirma ularning har biriga alohida qoʻllaniladi. Batafsil
Davr Bank va Kapitalbank reytinglari oshirildi

S&P Davr Bank reytingini “B+”gacha koʻtardi. Bunga ABB tomonidan bankning 51 foiz aksiyasi 1,646 trln soʻmga sotib olinishi taʼsir qildi. Fitch ham Kapitalbank reytingini “B+”gacha oshirdi, biroq keyin tijoriy sabablarga koʻra bankni reytinglashni toʻxtatdi. Davr Bank | Kapitalbank
Jamshid Xayrullayev Tenge Bank boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari etib saylandi

Tenge Bank kuzatuv kengashi Jamshid Xayrullayevni boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari lavozimiga sayladi. Tayinlov uning nomzodi Markaziy bank bilan kelishilgandan keyin kuchga kiradi. Xayrullayev bunga qadar Xalq bankining Strategiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ipoteka-bank boshqaruvini ikki nafar rais oʻrinbosari tark etmoqda

Ipoteka-bank OTP Group boshqaruvida bir vaqtning oʻzida ikki top-menejer Irakli Elashvili va Maksim Bikov oʻz lavozimini tark etmoqda. Ular bankning korporativ biznes va operatsion yoʻnalishlariga rahbarlik qilib kelgan. Endi Bikovning vazifalari Dmitriy Volchekka oʻtkaziladi, Elashvili oʻrniga esa yangi rahbar tanlov asosida izlanadi. Batafsil
Bloklangan bank kartalari boʻyicha InfoCards ishga tushdi
Endilikda mijoz oʻz kartasi qaysi organ tomonidan, qachon va nima sababdan bloklanganini xizmat koʻrsatuvchi bank orqali aniqlashi mumkin. Buning uchun Markaziy bankka alohida murojaat qilish talab etilmaydi. Batafsil
Xalqaro pul oʻtkazmalari uchun milliy platforma taklif qilindi
Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashuvda barcha banklarni yagona tizimga birlashtiruvchi platforma yaratish taklif etildi. Prezident gʻoyani Markaziy bank bilan birga ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi. Batafsil
Ikki bankka aloqador shaxs qidiruvga berildi
OAV maʼlumotiga koʻra, ANORBANK Kuzatuv kengashi aʼzosi va 49,4 foiz aksiyasi egasi Qahramonjon Olimov xalqaro qidiruvga berilgan. Vakolatli organlar bu haqda hozircha rasmiy maʼlumot bermagan.

Madad Invest Bank’ning sobiq yirik aksiyadori Moʻminjon Yoʻldashevga nisbatan esa Interpol Red Notice eʼlon qilgan.

Qahramonjon Olimov | Moʻminjon Yoʻldashev
Haftaning longridi
Pinkod 1995 yildagi sayohat cheklaridan naqd pul taqchilligi, 15–20 foizlik “obnal” va qora valyuta bozori orqali bugungi mobil bankinggacha boʻlgan 30 yillik yoʻlni tahlil qildi. Materialni oʻqish









