11 971.400 so‘m

increase

56.730

13 797.040 so‘m

increase

61.810

151.810 so‘m

increase

3.540

11 971.400 so‘m

increase

56.730

7 soat avval
Bank
28

Oʻzbekistonda faktoring xizmatlari hajmi 6,6 trln soʻmga yetdi

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8 barobar oshgan. Debitorlik xizmatlarining 93 foizi tijorat banklari orqali amalga oshirilgan. Shu davrda Kapitalbank, Asaka bank va SQB faktoring xizmatlarini koʻrsatishda yetakchi banklar boʻldi.

Oʻzbekistonda faktoring xizmatlari hajmi 6,6 trln soʻmga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning III choragida Oʻzbekistonda kredit tashkilotlari tomonidan jami 6,6 trln soʻmlik faktoring xizmatlari koʻrsatildi. 

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8 barobarga koʻpdir. Bu haqda Markaziy bankning tegishli hisobotida maʼlum qilingan.

Ushbu xizmatlarning 6,1 trln soʻmi (93%) tijorat banklari, 453 mlrd soʻmi (7%) esa mikromoliya tashkilotlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Koʻrsatilgan faktoring xizmatlarining 50 foizi raqamli faktoring xizmatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Joriy yilning iyun va iyul oylarida 1,1 trln soʻmdan, sentabr oyida esa 849 mlrd soʻm miqdorida faktoring xizmatlari koʻrsatildi. Taqqoslash uchun, 2024 yildagi eng yuqori koʻrsatkich dekabr oyida qayd etilgan boʻlib, 630 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Banklar taqsimoti 

2025 yilning 9 oyi davomida tadbirkorlarga davlat ulushi mavjud tijorat banklari tomonidan 3,4 trln soʻm, xususiy banklar tomonidan esa 2,7 trln soʻmlik faktoring xizmatlari taqdim qilingan. Eng koʻp operatsiyalar davlat ulushi mavjud banklar hissasiga toʻgʻri kelgan. Jumladan:

  • Asaka bank — 1 trln soʻm (shundan 508 mlrd soʻm elektron platforma orqali);
  • Oʻzsanoatqurilishbank — 735 mlrd soʻm (695 mlrd soʻm elektron shaklda);
  • Oʻzmilliybank — 659 mlrd soʻm (450 mlrd soʻm raqamli xizmatlar orqali).
Manba: Markaziy bank maʼlumotlari

Shuningdek, xususiy banklar orasida faktoring xizmatlari boʻyicha Kapitalbank 1,2 trln soʻm (shundan 31 mlrd soʻm elektron platforma orqali), Hamkorbank 564 mlrd soʻm (246 mlrd soʻm raqamli shaklda) va Asia Alliance Bank 252 mlrd soʻm (143 mlrd soʻm elektron koʻrinishda) bilan yetakchilik qilgan.

Foiz stavkalari

Kredit tashkilotlari kesimida foiz stavkalari quyidagicha boʻlgan: 

Hududlar kesimida

Hududlar kesimida faktoring xizmatlari asosan Toshkent shahri (2,9 trln soʻm yoki 43,6%) va Andijon viloyati (1,5 trln soʻm yoki 23,2%) hissasiga toʻgʻri kelgan. Shuningdek, Toshkent viloyatida 506 mlrd soʻm, Fargʻonada 345 mlrd soʻmlik xizmatlar qayd etilgan. 

Manba: Markaziy bank maʼlumotlari

Eng past natijalar esa Surxondaryo (39 mlrd soʻm), Sirdaryo (33 mlrd soʻm) va Jizzax (28 mlrd soʻm) viloyatlarida kuzatilgan.

Tashkiliy shakl boʻyicha

Mijozlarning tashkiliy shakli boʻyicha tahlilda faktoring xizmatlarining katta qismi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan olingan. Ularning ulushi 3,8 trln soʻm (58%)ni tashkil etadi. Aksiyadorlik jamiyatlariga 1,6 trln soʻm (24,6%), chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga 933 mlrd soʻm (14,2%), xususiy va oilaviy korxonalar hamda fermer xoʻjaliklariga 210 mlrd soʻm (3,2%) miqdorida xizmat koʻrsatilgan.

Aylanma boʻyicha 

Tadbirkorlik subʼektlari aylanmasi boʻyicha tuzilma ham kattalashib borayotgan korxonalar ustuvorligini koʻrsatadi. Jami faktoring xizmatlarining:

  • 4 foizi — aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan subʼektlarga,
  • 7 foizi — aylanmasi 1–10 mlrd soʻm boʻlganlarga,
  • 18 foizi — 10–100 mlrd soʻm aylanmali korxonalarga,
  • 71 foizi esa yillik aylanmasi 100 mlrd soʻmdan ortiq yirik subʼektlarga toʻgʻri kelgan.

Muddat va miqdori boʻyicha

Faktoring muddati boʻyicha xizmatlarning 31 foizi 30 kungacha boʻlgan qisqa muddatli operatsiyalardan iborat. 61–90 kunlik xizmatlar 2,2 trln soʻm bilan eng katta ulushni (33%) tashkil etadi. Qolgan qismi 31–60 kun (1,1 trln soʻm), 91–120 kun (0,7 trln soʻm) va 121–180 kun (0,6 trln soʻm) oraliqlarida taqsimlangan.

Manba: Markaziy bank

Bitim miqdorlari boʻyicha eng katta ulush yirik operatsiyalarga toʻgʻri keladi. 1 mlrd soʻmdan 5 mlrd soʻmgacha boʻlgan faktoring xizmatlari 2,7 trln soʻmni, 5 mlrd soʻmdan yuqori summalardagi xizmatlar yana 2,7 trln soʻmni tashkil etgan. Kichik miqdorli — 100 mln soʻmgacha boʻlgan bitimlarning ulushi esa bor-yoʻgʻi 1 foiz.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+