12 357.090 so‘m

decrease

-56.700

14 330.520 so‘m

decrease

-137.750

153.490 so‘m

decrease

-1.370

12 357.090 so‘m

decrease

-56.700

3 kun avval
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston 7 oyda butun 2024 yildagidan koʻproq oltin sotdi

Oʻzbekiston 2025 yilning dastlabki yetti oyida $7,58 mlrdlik oltin eksport qilib, butun 2024-yilgi koʻrsatkichdan oshdi. Iyul oyida esa mamlakat $1,09 mlrdlik oltin sotdi.

Oʻzbekiston 7 oyda butun 2024 yildagidan koʻproq oltin sotdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston yetti oyda butun 2024 yilga nisbatan koʻproq oltin eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotida keltirilgan.

Iyun oyidagi tanaffusdan soʻng Oʻzbekiston yana oltin sotishni boshladi. Iyul oyida amalga oshirilgan eksport hajmi $1,09 mlrdni tashkil etdi. Oylik kesimda qaralganda, mamlakat fevral oyida $1,73 mlrd, mart oyida $1,84 mlrd, aprel oyida $1,91 mlrd va may oyida $1,01 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan.

Oʻzbekiston faqat yanvar va iyun oylarida oltin sotmasdan, aksincha sotib olgan.

Yetti oylik yakunlarga koʻra, qimmatbaho metall eksporti $7,58 mlrdga yetdi. Shu tariqa, oltin sotuvi yetti oy ichida oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan ($7,48 mlrd) oshib ketdi.

Oʻzbekiston iyun oyida toʻrt oy ketma-ket sotuvdan soʻng oltin xarid qilishga oʻtgan edi. Shu oyda jahon markaziy banklari oʻz oltin zaxiralarini jami 22 tonnaga oshirgan boʻlsa, shundan 9 tonnasi Oʻzbekiston hissasiga toʻgʻri kelgan.

Eʼtiborlisi, bunga qadar mamlakat ketma-ket toʻrt oy davomida oltin sotuvchisi boʻlib kelgan edi. 

Xususan, fevral oyida mamlakat 12 tonna oltin eksport qilib, 8 tonna sotgan Qozogʻistondan oʻzib ketgan. Mart oyida ham 11 tonna oltin eksport qilinib, bu pozitsiya saqlab qolinadi. Aprel oyida esa 11 tonna oltin eksport qilingan boʻlib, uning umumiy qiymati 1,91 milliard dollarni tashkil etgan.

Biroq may oyida Oʻzbekiston atigi 1 tonna oltin eksport qilib, ikkinchi oʻringa tushdi. Iyun oyida esa mamlakat oltin sotmagan, aksincha, eng koʻp miqdorda xarid qilgani bilan ajralib turdi.


Avvalroq, Pinkod Oʻzbekistonda bir hafta ichida toʻrtta oltin konidan foydalanish huquqi sotilgani haqida xabar bergan edi

Boshlangʻich narxi bir necha milliard soʻm boʻlgan ushbu maydonlar oʻnlab barobar yuqori bahoga xarid qilingan. 

Ushbu hududlardagi oltin zaxiralari esa 2 tonnadan 6 tonnagacha baholangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+