12 108.240 so‘m

decrease

-52.750

14 169.060 so‘m

decrease

-9.440

149.100 so‘m

decrease

-4.820

12 108.240 so‘m

decrease

-52.750

3 kun avval
Bank

Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank Bank nazorati qoʻmitasi sentabr oyida 43 ta masalani koʻrib chiqdi. Yigʻilishlarda bank va mikromoliya tashkilotlarining faoliyati, rahbariyat nomzodlari, prudensial meʼyorlarga rioya etilishi hamda moliyaviy nazorat masalalari muhokama qilindi. Natijada ayrim bank va toʻlov tashkilotlariga ogohlantirish va jarimalar qoʻllanildi.

Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankni jarimaga tortdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qoʻmitasi sentabr oyidagi yigʻilishlarda 43 ta masalani koʻrib chiqdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Qoʻmita tomonidan roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida jami 28 ta masala muhokama qilindi. Shundan:

  • 5 tasi kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazishga,
  • 2 tasi yangi mikromoliya tashkilotlarini hisobga olishga,
  • 3 tasi esa kredit tashkilotining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berishga oid boʻldi.

Bundan tashqari, 3 ta masala banklarda audit oʻtkazish huquqini beruvchi auditorlik sertifikatini taqdim etish, 1 tasi mikromoliya bankiga litsenziya berish, hamda 14 tasi bank rahbariyati va muhim xodimlar nomzodlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq boʻldi.

Qoʻmita, shuningdek, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 15 ta masalani koʻrib chiqdi. Muhokamalarda Markaziy bank koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlariga rioya etilishi, shuningdek, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya natijalari tahlil qilindi.

Bank nazorati qoʻmitasi yigʻilishlarida bank mijozlari huquqlarini himoya qilish, shuningdek jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Natijada:

  • 7 ta bank va 13 ta toʻlov tashkilotiga nisbatan chora va sanksiyalar qoʻllanilishi haqida ogohlantirish berildi. Ular prudensial normativ talablarini buzgan, faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirmagan hamda inspeksiya tekshiruvlarida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan.
  • 8 ta bankka esa jarima sanksiyasi qoʻllanildi. Ularning faoliyatida jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi qoidalarga rioya etilmagan.

Shuningdek, mazkur banklar isteʼmolchilar bilan ishlashda qonunchilik talablarini toʻliq bajarmagani ham qayd etildi.


Avvalroq Markaziy bank tomonidan TBC bank, Davrbank va Hamkorbank’ga nisbatan umumiy 2,5 mlrd soʻm jarima qoʻllangani xabar qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+