11 825.400 so‘m

decrease

-5.470

13 483.320 so‘m

increase

32.800

140.340 so‘m

increase

1.070

11 825.400 so‘m

decrease

-5.470

2 soat avval
Bank
63

Markaziy bank banklarga yagona uy-joyni garovga olish boʻyicha tavsiyalar berdi

Markaziy bank fuqarolar doimiy yashaydigan yagona uy-joyni kredit taʼminoti sifatida qabul qilish boʻyicha tijorat banklariga yangi tavsiyalar yubordi. Banklardan koʻchmas mulkning qiymatiga emas, avvalo, qarz oluvchining kreditni qaytara olish imkoniyatiga eʼtibor qaratish soʻralmoqda.

Markaziy bank banklarga yagona uy-joyni garovga olish boʻyicha tavsiyalar berdi

Markaziy bank tijorat banklariga fuqaroning oʻzi va oila aʼzolari doimiy yashaydigan yagona uy-joyini garovga olishda ehtimoliy ijtimoiy oqibatlarni ham hisobga olishni tavsiya etdi.

Xususan, kredit ajratishdan oldin mijozning daromadi, mavjud qarzlari va oylik toʻlovlarni bajarish imkoniyati sinchiklab baholanishi kerak. Uy-joyning yuqori qiymati va uni sotish imkoniyati kredit berish uchun asosiy omilga aylanmasligi lozim.

Imkon boʻlsa, banklarga kafillik, sugʻurta yoki boshqa mol-mulk kabi muqobil taʼminot usullarini koʻrib chiqish tavsiya etilgan.

Shuningdek, shartnoma imzolanishidan oldin mijozga kredit qaytarilmasa, garovdagi yagona uy-joyga undiruv qaratilishi va mulk sotilishi mumkinligi aniq hamda tushunarli tarzda tushuntirilishi kerak.

Bu, ayniqsa, oʻz uyini boshqa shaxs yoki tadbirkor olgan kredit uchun garovga qoʻyayotgan fuqarolarga taalluqli. Bunday holatda uy egasi kredit mablagʻini shaxsan olmagan boʻlsa ham, qarzdor oʻz majburiyatini bajarmasa, uning garovdagi uy-joyiga undiruv qaratilishi mumkin.

Qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda banklar darhol undiruv choralariga oʻtmasdan, avvalo, qarz oluvchining moliyaviy holatini oʻrganishi kerak. Kredit muddatini uzaytirish, toʻlov jadvalini oʻzgartirish, kreditni restrukturizatsiya qilish yoki qarzdorlikni tartibga solishning boshqa imkoniyatlarini koʻrib chiqish tavsiya etilgan.

Mazkur tavsiyalar yagona uy-joyni garovga qoʻyishni taqiqlamaydi. Ular mijozning toʻlov imkoniyatini toʻgʻri baholash, kredit bilan bogʻliq xavflarni oldindan tushuntirish va yagona boshpanani yoʻqotish bilan bogʻliq ijtimoiy oqibatlarni kamaytirishga qaratilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+