12 011.650 so‘m

increase

48.490

13 462.660 so‘m

increase

72.300

143.170 so‘m

increase

0.840

12 011.650 so‘m

increase

48.490

9 soat avval
Bank
93

Murojaatlar boʻyicha eng salbiy koʻrsatkich qayd etilgan 10 ta bank ochiqlandi

2026 yilning uchinchi choragida Markaziy bankka banklar faoliyati yuzasidan 12,3 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Mijozlar soniga nisbatan hisoblangan murojaatlar indeksida eng yuqori koʻrsatkich Hayot Bank, Biznesni rivojlantirish banki va Mikrokreditbankda qayd etilgan.

Murojaatlar boʻyicha eng salbiy koʻrsatkich qayd etilgan 10 ta bank ochiqlandi

Markaziy bank iyul–sentabr oylarida tijorat banklari faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qildi. Regulyatorning xabar berishicha, ushbu davrda bevosita va boshqa davlat organlari orqali jami 12 307 ta murojaat qabul qilingan.

Murojaatlar indeksida Hayot Bank 5,71 koʻrsatkich bilan birinchi oʻrinni egallagan. Biznesni rivojlantirish bankida indeks 3,17 ni, Mikrokreditbankda esa 2,53 ni tashkil etgan.

Keyingi oʻrinlarda TBS Bank — 1,96, ANORBANK — 1,86 va Turonbank — 1,62 koʻrsatkich bilan joylashgan. Shuningdek, oʻntalikka Asakabank — 1,27, Infinbank va AVO bank — 1,25 dan hamda Kapitalbank — 1,24 indeks bilan kirgan.

Markaziy bankka koʻra, mijozlar soniga nisbatan murojaatlar ulushining yuqoriligi banklarda xizmat sifatiga koʻproq eʼtibor qaratish zarurligini koʻrsatadi. Xususan, mijozlarga mahsulot va xizmatlar shartlarini yetarlicha tushuntirish, murojaatlarga oʻz vaqtida va mazmunli javob berish muhim.

Bundan tashqari, banklarga takroriy murojaatlarga sabab boʻlayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat koʻrsatish sifati va ichki nazoratni kuchaytirish tavsiya qilingan. Regulyator murojaatlar sabablarini chuqur oʻrganish hamda ularni koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish zarurligini bildirgan.

Mazkur indeks bankning moliyaviy barqarorligi yoki ishonchliligiga baho bermaydi. U mijozlar soniga nisbatan kelib tushgan murojaatlar ulushini aks ettiradi. Chorak davomida 100 tadan kam murojaat kelib tushgan banklar boʻyicha indeks hisoblanmaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+