Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyati uchun ilk litsenziya berildi
Markaziy bank boshqaruvining 2026 yil 23 oktabrdagi qarori bilan Open bank’ga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun 1-I-sonli litsenziya berildi. Bu Oʻzbekistonda ushbu yoʻnalishda berilgan birinchi litsenziya hisoblanadi.

Markaziy bank Open bank’ga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini berdi. Bank mamlakatda ushbu yoʻnalishda litsenziya olgan birinchi bank boʻldi.
Regulyatorning maʼlum qilishicha, 1-I-sonli litsenziya Markaziy bank boshqaruvining 2026 yil 23 oktabrdagi 28/1-sonli qarori asosida berilgan.
Litsenziya “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini qamrab oladi.
Shu tariqa, “Open bank” Oʻzbekistonda islomiy moliya xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olgan birinchi bankka aylandi.









