12 460.700 so‘m

decrease

-21.680

14 545.380 so‘m

increase

4.660

155.060 so‘m

decrease

-0.170

12 460.700 so‘m

decrease

-21.680

11 soat avval
Bozor

Jahon bozorida oltin narxi rekord darajaga yetdi

Jahon bozorida oltin narxi 3 508 dollarga yetib, tarixiy rekordni yangiladi. Mutaxassislar bu jarayonni AQShda Federal rezerv tizimi (Fed) asosiy stavkani pasaytirishi mumkinligi va dollarning zaiflashuvi bilan bogʻlamoqda.

Jahon bozorida oltin narxi rekord darajaga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Jahon bozorida oltin narxi tarixiy rekordni yangiladi. 2 sentabr, seshanba kungi savdolarda qimmatbaho metallning bir unsiyasi 3 508 dollargacha koʻtarildi. Bu koʻrsatkich aprel oyida qayd etilgan rekorddan ham yuqori.

Oltin narxining oʻsishiga AQShda Federal rezerv tizimi (Fed) asosiy stavkani pasaytirishi mumkinligi haqidagi kutilmalar sabab boʻlmoqda. Bu dekabrdan buyon ilk marotaba foiz stavkasini tushirish ehtimoli boʻlib, bozorlarga Fed’ning yanada yumshoq siyosat yuritishi mumkinligini koʻrsatdi.

Anʼanaga koʻra, oltin siyosiy va iqtisodiy noaniqlik davrida “xavfsiz aktiv” sifatida yuqori talabga ega boʻladi. Ayniqsa foiz stavkalari past boʻlsa, ushbu talab yanada kuchayadi.

Shuningdek, dollarning jahon bozorida zaiflashuvi ham narx oʻsishiga taʼsir qilayotgan muhim omillardan biri sanaladi.

Goldman Sachs prognozlariga koʻra, 2025 yilda oltin narxi 3 700 dollar atrofida boʻlishi kutilmoqda. Kompaniya strategik mutaxassisi Lina Tomasning taʼkidlashicha, yil davomida narx 3 650–3 950 dollar oraligʻida savdo qilinishi mumkin.

Citibank ham avvalgi salbiy prognozini ijobiy tomonga oʻzgartirib, keyingi chorakda oltin narxi 3 500 dollar atrofida barqaror saqlanishini kutmoqda.

Oltin narxining yuqorilashi Oʻzbekiston uchun ham muhim. Mamlakat aynan narx eng yuqori boʻlgan davrlarda oltin eksportini amalga oshirgan, narx pasayganida esa sotib olishni afzal koʻrgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+