12 001.940 so‘m

increase

4.110

13 973.860 so‘m

increase

5.990

166.670 so‘m

decrease

-0.640

12 001.940 so‘m

increase

4.110

1 soat avval
Soliq
20

Umumiy ovqatlanish va savdo sohalari uchun soddalashtirilgan QQS rejimi 1 iyuldan kuchga kiradi — Soliq qoʻmitasi

Soliq qoʻmitasi 1 iyundan QQSning 6 foizli soddalashtirilgan tartibi joriy etilmagani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. 

Qoʻmita izohiga koʻra, 1 iyundan tadbirkorlar ushbu rejimga oʻtish boʻyicha xabarnoma yuborishi mumkin, tartib esa xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan kuchga kiradi. 

Shu bois iyun oyida xabarnoma yuborgan umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasi vakillari 2026 yil 1 iyuldan soddalashtirilgan QQS rejimiga oʻtadi.

Umumiy ovqatlanish va savdo sohalari uchun soddalashtirilgan QQS rejimi 1 iyuldan kuchga kiradi — Soliq qoʻmitasi

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda 1 iyundan QQSning 6 foizli soddalashtirilgan tartibini ixtiyoriy tanlash huquqi amalda joriy etilmagani haqida xabarlar tarqalgandi. Soliq qoʻmitasi mazkur masala yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qoʻmita maʼlumotiga koʻra, Prezidentning 100-son farmoni bilan 2026 yil 1 iyundan 2030 yil 1 yanvarga qadar ayrim tadbirkorlik subʼektlariga QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini ixtiyoriy tanlash huquqi berilgan. Ushbu tartib asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat koʻrsatish sohasi boʻlgan tadbirkorlarga tatbiq etiladi.

Bunda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalar hamda yirik soliq toʻlovchilar mazkur imkoniyatdan foydalana olmaydi.

Soliq qoʻmitasi izohiga koʻra, 1 iyundan boshlab tadbirkorlik subʼektlariga soddalashtirilgan tartibga oʻtish boʻyicha xabarnoma yuborish imkoniyati yaratiladi. Biroq ushbu tartib xabarnoma yuborilgan oyning oʻzida emas, balki keyingi oyning birinchi sanasidan amal qila boshlaydi.

Yaʼni tadbirkor iyun oyida xabarnoma yuborsa, QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga 2026 yil 1 iyuldan oʻtadi.

Qoʻmitaning qayd etishicha, farmonda ham soddalashtirilgan tartibga oʻtish yoki undan voz kechish xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan amalga oshirilishi belgilangan. Shu sababli 1 iyun sanasi tartibga oʻtish uchun xabarnoma yuborish imkoniyati ochiladigan sana sifatida koʻriladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+