11 934.640 so‘m

decrease

-14.390

13 896.690 so‘m

decrease

-25.120

164.140 so‘m

decrease

-2.140

11 934.640 so‘m

decrease

-14.390

3 soat avval
Iqtisodiyot
28

Shoʻrtan GKM loyihasida 643,2 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlari oʻzlashtirilgani aniqlandi

Departament xabarida Soliq organlari, “Oʻzbekneftgaz” hamda bir qator xususiy kompaniyalar masʼul shaxslari til biriktirgani qayd etilgan. Xabarda korxonalarning toʻliq nomlari emas, qisqartmalari keltirilgan. Ochiq manbalarga koʻra, “SH.G.” Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasini, “S.E.” Sanoat Energetika Guruhi’ni (Saneg), “E.E.” esa Enter Engineering’ni anglatishi mumkin. “A.” MChJning aniq nomi esa hozircha ochiq manbalarda aniqlanmagan.

Shoʻrtan GKM loyihasida 643,2 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlari oʻzlashtirilgani aniqlandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi doirasida yirik miqdordagi byudjet mablagʻlari oʻzlashtirilgani boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Departament xabariga koʻra, Soliq qoʻmitasi komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Soliq qoʻmitasi, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi, “Oʻzbekneftgaz” AJ hamda SH.G.” MChJ, “S.E.” MChJ QK, “A.” MChJ va “E.E.” MChJ QKning Oʻzbekistondagi doimiy muassasasi masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirgani aniqlangan.

Gap Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish boʻyicha koʻrsatilgan 5,3 trln soʻmlik xizmatlar haqida ketmoqda. Departament maʼlumotiga koʻra, ushbu xizmatlar QQSdan ozod etilgan boʻlsa-da, QQS summasi elektron hisob-fakturalarga noqonuniy kiritilgan.

Natijada byudjetda asossiz QQS mablagʻi hosil qilingan. Keyinchalik ushbu mablagʻlardan foydalangan holda “A.” MChJ hisob raqamiga QQS qaytarilishi hamda “S.E.” MChJ QKning davlat oldidagi kreditorlik qarzdorliklari yoʻq qilinishi taʼminlangani aytilmoqda.

Departament hisob-kitoblariga koʻra, shu yoʻl bilan 643,2 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish va rastrata qilish orqali talon-toroj qilingan.

Xabarda korxonalar nomi toʻliq ochiqlanmagan va qisqartmalar bilan berilgan. Ochiq manbalardagi maʼlumotlarga koʻra, “SH.G.” MChJ — “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ, “S.E.” MChJ QK — Saneg nomi bilan tanilgan “Sanoat Energetika Guruhi”, “E.E.” MChJ QKning Oʻzbekistondagi doimiy muassasasi esa Enter Engineering’ga ishora qilayotgan boʻlishi mumkin. Biroq Departament ushbu nomlarni rasman toʻliq ochiqlamagani sababli, bu identifikatsiya ehtimoliy taxmin sifatida baholanadi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi — oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+