11 952.730 so‘m

increase

15.130

14 021.750 so‘m

increase

60.730

159.480 so‘m

increase

0.010

11 952.730 so‘m

increase

15.130

5 soat avval
Soliq
25

Uzbekistan Airways’dan UzAuto Motors’gacha: 2025 yilda qaysi kompaniyalar eng koʻp soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi?

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2025 yilda eng koʻp soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar roʻyxatini eʼlon qildi. Soliq imtiyozlari boʻyicha “Uzbekistan GTL” 2,8 trln soʻm, bojxona imtiyozlari boʻyicha esa “Uzgaztrade” 2,1 trln soʻm bilan yetakchi boʻldi. Ayrim kompaniyalar, jumladan Uzbekistan Airways, “Uzgaztrade” va Centrum Air har ikki roʻyxatda ham qayd etilgan.

Uzbekistan Airways’dan UzAuto Motors’gacha: 2025 yilda qaysi kompaniyalar eng koʻp soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi?
Foto: AI/Pinkod.uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2025 yilda soliq va bojxona imtiyozlaridan eng koʻp foydalangan tashkilotlar roʻyxatini eʼlon qildi. Maʼlumotlar yirik fiskal imtiyozlar asosan energetika, transport-logistika, avtomobilsozlik, gaz-kimyo va sanoat-import loyihalari atrofida jamlanganini koʻrsatmoqda.

Soliq imtiyozlari

2025 yilda soliq imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar roʻyxatida birinchi oʻrinni “Uzbekistan GTL” MChJ egallagan. Korxona yil davomida 2,8 trln soʻmlik soliq imtiyozidan foydalangan. Keyingi oʻrinlarda “Uzbekistan Airways” AJ — 2,4 trln soʻm, “Oʻzbekneftgaz” AJ esa 1,7 trln soʻm bilan qayd etilgan.

Top-15 roʻyxatdagi soliq imtiyozlarining umumiy hajmi qariyb 14,8 trln soʻmni tashkil etadi. Shundan faqat dastlabki uchta tashkilot hissasiga 6,9 trln soʻm toʻgʻri keladi. Bu roʻyxatdagi jami imtiyozlarning deyarli yarmi eng yirik uchta korxona atrofida jamlanganini anglatadi.

Roʻyxatning keyingi pogʻonalarida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ — 1,1 trln soʻm, “UzAuto Motors” AJ — 898,9 mlrd soʻm, “Asia Trans Gas” MChJ — 860,4 mlrd soʻm, “Luxury Diamond” MChJ — 811,8 mlrd soʻm, “My Freighter” MChJ (Centrum Air) — 660,2 mlrd soʻm, “Solution Lab” AJ  (Uzum Nasiya)— 650,8 mlrd soʻm bilan qayd etilgan.

Bojxona imtiyozlari

Bojxona imtiyozlari boʻyicha roʻyxatda birinchi oʻrinni “Uzgaztrade” AJ egallagan. Kompaniya 2025 yilda 2,1 trln soʻmlik bojxona imtiyozidan foydalangan.

Ikkinchi oʻrinda RWS Optimum shoʻba korxonasi — 1,4 trln soʻm, uchinchi oʻrinda esa “Enter Engineering Pte. Ltd”ning doimiy muassasasi — 1,1 trln soʻm bilan koʻrsatilgan.

Top-13 roʻyxatdagi bojxona imtiyozlarining umumiy hajmi qariyb 9,46 trln soʻmni tashkil qiladi. Dastlabki uchta subʼektning oʻzi 4,6 trln soʻmlik imtiyozdan foydalangan. Bu bojxona imtiyozlari ham yuqori darajada konsentratsiyalashganini koʻrsatadi.

Roʻyxatda, shuningdek, “First Fruits” MChJ — 955,2 mlrd soʻm, “Tebinbulak Mechanization Service” MChJ — 738,5 mlrd soʻm, “My Freighter” MChJ — 645 mlrd soʻm, Trest 12 AJ — 519,5 mlrd soʻm, “Gorilla Energy” MChJ — 414,5 mlrd soʻm bilan qayd etilgan.

Ayrim kompaniyalar ikki roʻyxatda ham bor

Eʼtiborli jihati, ayrim tashkilotlar ham soliq, ham bojxona imtiyozlari roʻyxatida uchraydi.

Masalan, Uzbekistan Airways soliq imtiyozlari boʻyicha 2,4 trln soʻm, bojxona imtiyozlari boʻyicha esa 288,4 mlrd soʻm bilan qayd etilgan. Yaʼni kompaniya 2025 yilda ikki yoʻnalishda jami kamida 2,68 trln soʻmlik imtiyozdan foydalangan.

“Uzgaztrade” AJ ham har ikki roʻyxatda mavjud. Kompaniya bojxona imtiyozlari boʻyicha 2,1 trln soʻm, soliq imtiyozlari boʻyicha esa 515,4 mlrd soʻmlik imtiyoz olgan. Umumiy hisobda bu 2,6 trln soʻmdan ortiq imtiyoz degani.

“My Freighter” MChJ (Centrum Air) ham ikki roʻyxatda koʻrsatilgan. Kompaniya soliq imtiyozlari boʻyicha 660,2 mlrd soʻm, bojxona imtiyozlari boʻyicha esa 645 mlrd soʻmdan foydalangan. Uning umumiy koʻrsatkichi 1,3 trln soʻmdan oshadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+