12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

23-iyul, 12:29
Bozor

Oltin narxi $3 400 dan yuqoriga chiqdi

Jahon bozorida oltin narxi bir unsiya uchun $3 400 dan oshib, haftalik maksimal darajada $3 444 ga yetdi. Narxlarning koʻtarilishiga AQShning Yaponiyaga va Filippinga boj joriy etish ehtimoli sabab boʻlgan.

Oltin narxi $3 400 dan yuqoriga chiqdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Jahon bozorida oltin narxi bir unsiya uchun $3 400 dan yuqoriga koʻtarildi. 

Birjada narx maksimal darajada $3 444 ga yetdi. Soʻnggi bir hafta ichida qimmatbaho metall narxi 2,5 foizdan koʻproqqa oshdi.

Narxlarning oshishiga AQSh prezidenti Donald Trampning Yaponiya va Filippinga boj joriy etish boʻyicha eʼlon qilgan bayonoti asosiy omil boʻldi. Unga koʻra, ushbu davlatlarga mos ravishda 15 va 19 foizlik bojlar kiritilishi mumkin.

Xabar tayyorlanayotgan vaqtda oltin birjalarda $3 427 atrofida savdo qilinmoqda.

Jahon Oltin Kengashining (WGC) yil oʻrtasida eʼlon qilgan hisobotiga koʻra, 2025 yilning dastlabki olti oyida oltin narxi 26 foizga oshgan va shu davr ichida 26 marta yangi tarixiy rekordni yangilagan. Bu esa oltinni barcha asosiy investitsiya yoʻnalishlari orasida eng samarali aktivga aylantirdi.

Soʻnggi oylarda oltin narxi $3 300 atrofida saqlanib kelayotgan boʻlsa-da, joriy haftadagi oʻsish aprel oyida qayd etilgan $3 500 lik rekorddan atigi $70 ga kam.

Oʻzbekistonda oltin narxlari

Oʻzbekiston Markaziy banki 2025 yil 23 iyul holatiga koʻra quyidagi oltin quymalari narxini eʼlon qildi:

  • 5 gramm – 7 116 000 soʻm
  • 10 gramm – 14 232 000 soʻm
  • 20 gramm – 28 463 000 soʻm
  • 50 gramm – 71 158 000 soʻm
  • 100 gramm – 142 316 000 soʻm

Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.

Prognozlar

Oltin narxining kelgusi holati yuzasidan turli moliyaviy institutlar qarama-qarshi fikr bildirmoqda. Masalan, Citibank 2025 yil oxiri yoki 2026 yilda oltin narxi bir unsiya uchun $3 000 dan pastga tushib ketishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Boshqa tomondan, Jahon oltin kengashi global noaniqliklar davom etsa, oltin narxi yana 5 foizga oshishi mumkinligini bildirgan. Hatto vaziyat barqarorlashgan taqdirda ham, tashkilot fikricha, narx $3 000 dan pastga tushmaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+