5 kun avval
Dollar rasmiy kursi 13 ming soʻmga yaqinlashmoqda
Soʻnggi uch kun ichida dollar rasmiy kursi qariyb 100 soʻmga koʻtarildi.

Foto: Pinkod.uz
Oʻzbekiston Markaziy banki 2025 yil 15 maydan boshlab kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi. Unga koʻra, AQSh dollarining kursi 44,89 soʻmga oshib, 12 980,16 soʻmni tashkil etdi.
Yangi kurslarga koʻra:
- AQSh dollari – 12 980,16 soʻm (+44,89)
- Yevro – 14 606,57 soʻm (+239,37)
- Rossiya rubli – 161,63 soʻm (+1,16)
- Funt sterling – 17 328,51 soʻm (+237,14)
Soʻnggi kunlarda dollar kursida ketma-ket oʻsish kuzatilmoqda. Xususan:
- 13-may kuni +15,20 soʻm
- 14-may kuni +39,72 soʻm
- 15-may kuni esa +44,89 soʻmga koʻtarildi
Shu tariqa, uch kun ichida dollar rasmiy kursi jami 99,81 soʻmga oshgan.
Avvalroq, S&P Global Ratings xalqaro agentligi dollar kursi 2025 yil 13 650 soʻmgacha chiqishini taxmin qilgan edi.