11 913.350 so‘m

increase

14.260

13 328.660 so‘m

increase

30.240

142.390 so‘m

increase

0.860

11 913.350 so‘m

increase

14.260

17 daqiqa avval
Iqtisodiyot
42

Toshkentda isitish va issiq suv tariflari 30 foizga oshirilishi mumkin

Hukumat qarori loyihasida markazlashgan isitish va hisoblagich orqali hisoblanadigan issiq suv uchun yangi tariflarni 1 noyabrdan joriy etish taklif qilinmoqda. Toshkentda isitishning kunlik narxi 1 kvadrat metr uchun 314 soʻmga, issiq suvning 1 kub metri esa 11 607 soʻmga yetishi mumkin. Hisoblagichsiz issiq suv uchun oylik toʻlovni esa kamaytirish koʻzda tutilgan. 

Toshkentda isitish va issiq suv tariflari 30 foizga oshirilishi mumkin

Toshkent shahrida markazlashgan isitish va hisoblagich orqali hisoblanadigan issiq suv tariflari 2026 yil 1 noyabrdan 30 foizga oshirilishi mumkin. Hisoblagichsiz issiq suv uchun bir kishilik oylik toʻlovni esa 13,3 foizga kamaytirish taklif etilmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan hukumat qarori loyihasidan maʼlum boʻldi.

Loyihaga koʻra, Toshkentda isitiladigan maydonning 1 kvadrat metri uchun kunlik tarif amaldagi 241,44 soʻmdan 314 soʻmga koʻtarilishi mumkin. Bu 72,56 soʻm yoki 30 foizga yaqin oʻsish demakdir.

Masalan, 50 kvadrat metr isitiladigan xonadonning 30 kunlik isitish toʻlovi amaldagi tarif boʻyicha 362,2 ming soʻmni tashkil qiladi. Taklif etilayotgan tarif tasdiqlansa, toʻlov 471 ming soʻmga yetadi. Farq bir oyda 108,8 ming soʻm boʻladi.

Hisoblagich orqali hisoblanadigan issiq suvning 1 kub metri uchun toʻlovni 8 928,67 soʻmdan 11 607 soʻmga oshirish taklif etilgan. Oyiga 5 kub metr issiq suv ishlatadigan xonadon uchun xarajat taxminan 44,6 ming soʻmdan 58 ming soʻmga chiqadi.

Hisoblagichsiz xonadonlarda esa issiq suvning bir kishi uchun oylik toʻlovi 52 303,39 soʻmdan 45 330 soʻmga tushishi mumkin. Bu qariyb 7 ming soʻm yoki 13,3 foizga kamayishdir. Umumiy dushli yotoqxonalarda yashovchilar uchun ham bir kishilik toʻlovni 38 908,16 soʻmdan 33 720 soʻmga pasaytirish koʻzda tutilgan.

Qaror hozircha loyiha boʻlib, undagi tariflar rasman tasdiqlanmagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+