12 021.220 so‘m

decrease

-54.960

13 978.270 so‘m

decrease

-16.820

169.530 so‘m

increase

0.060

12 021.220 so‘m

decrease

-54.960

4 soat avval
Iqtisodiyot
33

Toshkentda uy-joy narxlari qanday oʻzgarmoqda?

Toshkent uy-joy bozorida 2026 yil aprel oyida faollik sezilarli darajada pasaydi. Bozordagi jami uy-joy takliflari soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17,7 foizga kamaydi. Hududlar kesimida esa 1 kvadrat metr uchun yuqori narxlar Mirobod va Shayxontohurda, nisbatan arzon takliflar esa Uchtepa va Sergeli kabi tumanlarda kuzatildi.

Toshkentda uy-joy narxlari qanday oʻzgarmoqda?
Foto: AI/Pinkod.uz

Toshkent uy-joy bozorida 2026 yil aprel oyida faollik sezilarli darajada pasaydi. Bozordagi jami uy-joy takliflari soni 44 485 tani tashkil etdi. Bu mart oyiga nisbatan 13,4 foizga, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa 17,7 foizga kam.

Bozor tarkibida esa yangi uylar ulushi oshib bormoqda. 2024 yil yanvarida birlamchi bozor ulushi 33,8 foiz boʻlgan boʻlsa, 2026 yil apreliga kelib bu koʻrsatkich 47,6 foizga yetdi. Ikkilamchi bozor ulushi esa 66,2 foizdan 52,4 foizgacha kamaydi.

Narxlar boʻyicha eng qimmat hududlar sifatida Mirobod, Yakkasaroy va Mirzo Ulugʻbek tumanlari ajralib turibdi. Nisbatan arzonroq segment esa asosan Sergeli, Olmazor va Uchtepa tumanlarida shakllangan.

Birlamchi bozorda eng qimmat hudud — Mirobod 

Yangi uylar segmentida 1 kvadrat metr narxi Mirobodda deyarli barcha xona toifalarida eng yuqori darajada saqlanmoqda. 1 xonali uylar boʻyicha Mirobodda oʻrtacha narx $2 121/m², 2 xonali uylar boʻyicha $2 311/m², 3 xonali uylar boʻyicha $2 167/m², 4 xonali uylar boʻyicha esa $2 117/m² atrofida shakllangan.

Yakkasaroy ham yuqori narxli hududlar qatorida qolmoqda. Bu tumanda birlamchi bozordagi 1 xonali uylar $1 950/m², 2 xonali uylar $1 916/m², 3 xonali uylar $1 796/m², 4 xonali uylar esa $1 900/m² atrofida baholangan.

Mirzo Ulugʻbek tumanida ham narxlar yuqori segmentga yaqin. Birlamchi bozorda 1 xonali uylar $1 962/m², 2 xonali uylar $1 883/m², 3 xonali uylar $1 646/m², 4 xonali uylar esa $1 531/m² atrofida shakllangan.

Eng arzon yangi uylar esa asosan Sergeli, Olmazor va Uchtepada

Birlamchi bozorda Sergelida 1 xonali uylar $1 158/m², 2 xonali uylar $1 071/m², 3 xonali uylar $1 007/m², 4 xonali uylar esa $922/m² atrofida. Bu Toshkentdagi yangi uylar segmentida eng past narx koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Uchtepada birlamchi bozordagi 1 xonali uylar $1 352/m², 2 xonali uylar $1 175/m², 3 xonali uylar $1 182/m², 4 xonali uylar esa $1 201/m² atrofida. Olmazorda esa 1 xonali uylar $1 340/m², 2 xonali uylar $1 367/m², 3 xonali uylar $1 317/m², 4 xonali uylar $1 086/m² atrofida baholangan.

Ikkilamchi bozorda ham Mirobod yetakchi

Tayyor, avval foydalanilgan uylar segmentida ham eng yuqori narxlar Mirobod tumanida qayd etilgan. Bu yerda 1 xonali uylar $1 983/m², 2 xonali uylar $1 835/m², 3 xonali uylar $1 840/m², 4 xonali uylar esa $1 677/m² atrofida.

Yakkasaroyda ikkilamchi bozordagi 1 xonali uylar $1 813/m², 2 xonali uylar $1 669/m², 3 xonali uylar $1 589/m², 4 xonali uylar esa $1 609/m² atrofida shakllangan. Mirzo Ulugʻbekda esa 1 xonali uylar $1 625/m², 2 xonali uylar $1 482/m², 3 xonali uylar $1 470/m², 4 xonali uylar $1 413/m² darajasida.

Ikkilamchi bozorda eng arzon hudud — Sergeli

Sergelida 1 xonali uylar $1 210/m², 2 xonali uylar $1 040/m², 3 xonali uylar $979/m², 4 xonali uylar esa $900/m² atrofida. Bu koʻrsatkichlar poytaxtdagi eng past narx segmenti aynan Sergelida shakllanayotganini koʻrsatadi.

Olmazorda ikkilamchi bozordagi 1 xonali uylar $1 214/m², 2 xonali uylar $1 191/m², 3 xonali uylar $1 133/m², 4 xonali uylar $1 195/m² atrofida. Uchtepada esa 1 xonali uylar $1 335/m², 2 xonali uylar $1 224/m², 3 xonali uylar $1 152/m², 4 xonali uylar $1 195/m² darajasida.

Yillik oʻzgarishlar boʻyicha ham tumanlar kesimida farq katta. Masalan, birlamchi bozorda 1 xonali uylar narxi Mirobodda 32,6 foizga, Chilonzorda 29,1 foizga, Mirzo Ulugʻbekda 19,2 foizga oshgan. Shu bilan birga, Shayxontohurda ushbu segment 24,3 foizga, Olmazorda 7,2 foizga, Yakkasaroyda 5,6 foizga pasaygan.

Ikkilamchi bozorda esa oʻsish ancha kengroq tarqalgan. 1 xonali uylar boʻyicha Yunusobodda 20,1 foiz, Mirobodda 18,4 foiz, Mirzo Ulugʻbekda 15,5 foiz, Shayxontohurda 15,4 foiz, Sergelida 15 foiz oʻsish kuzatilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+