11 853.550 so‘m

increase

6.390

13 869.840 so‘m

increase

26.430

141.860 so‘m

increase

0.420

11 853.550 so‘m

increase

6.390

3 soat avval
Iqtisodiyot
54

Nizomiy universitetining Toshkentdagi toʻrtta obʼekti 1 trln soʻmga sotuvga qoʻyildi

Savdoga universitetning 6,29 gektar yerdagi yotoqxonalari va uchta fakultet binosi chiqarilgan. 

Toʻrtta lotning jami boshlangʻich narxi 1,008 trln soʻmni tashkil etadi. 

Universitet esa bosqichma-bosqich Yangi Toshkentdagi kampusga koʻchirilmoqda.

Nizomiy universitetining Toshkentdagi toʻrtta obʼekti 1 trln soʻmga sotuvga qoʻyildi

Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universitetining Toshkent shahridagi toʻrtta koʻchmas mulk obʼekti “E-auksion” orqali sotuvga qoʻyildi.

Eng qimmat lot — Chilonzor-19 mavzesidagi Tabiiy fanlar fakulteti binosi. 2,25 gektarlik obʼekt 325,9 mlrd soʻmdan savdoga chiqarilgan.

Muqimiy koʻchasida universitet yotoqxonalari joylashgan 1 gektarlik majmua uchun 272,3 mlrd soʻm boshlangʻich narx belgilangan.

Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasidagi Harbiy taʼlim fakulteti binosi 268,7 mlrd soʻmdan sotuvga chiqarildi. Obʼektning yer maydoni 2,52 gektarni tashkil etadi.

Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasidagi Filologiya fakulteti binosi esa 141,1 mlrd soʻmga baholangan. Ushbu lot 52 sotix yer maydonini egallagan.

Barcha obʼektlar uchun bir xil asosiy shart belgilangan. Xaridor ular negizida shaharsozlik talablariga muvofiq nodavlat taʼlim muassasasini tashkil qilishi va taʼlim faoliyati yoʻnalishini saqlab qolishi kerak.

Bu universitetning Toshkentda savdoga chiqarilgan birinchi mulklari emas. Avvalroq Chilonzor tumanidagi 5,64 gektarlik asosiy kampus ham 886,6 mlrd soʻm boshlangʻich narxda auksionga qoʻyilgandi. Biroq ushbu lot boʻyicha auksion natijasida kampus sotilmagan.

Universitet mulklarini xususiylashtirish Yangi Toshkentdagi yangi kampus qurilishi bilan bogʻliq. 23 avgust kuni 40 gektar maydonda barpo etilayotgan majmuaning birinchi bosqichi ochildi.

Yangi kampusda jami 20 ming talabaga moʻljallangan oʻquv binolari va 5 ming oʻrinli talabalar turar joylari boʻlishi rejalashtirilgan. Hozirgacha 12 ming talabaga moʻljallangan besh qavatli oʻquv binosi va zamonaviy laboratoriya majmuasi qurib bitkazilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+