12 254.270 so‘m

decrease

-30.890

14 516.410 so‘m

increase

1.490

147.890 so‘m

decrease

-0.730

12 254.270 so‘m

decrease

-30.890

08-sentabr, 12:02
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi sezilarli darajada oshdi

Joriy yil boshidan berib oltin narxi 44 foizga qimmatlab, global miqyosda ham barqaror oʻsish tendensiyasini namoyon etmoqda.

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi sezilarli darajada oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston va jahon bozorida oltin narxi keskin oshdi. Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, muomalaga chiqarilgan oltin quymalari qiymati ham yuqoriladi.

8 sentabr holatiga koʻra, bir gramm oltin quyma 1 mln 480 ming soʻmdan sotilmoqda. Quymalar narxi quyidagicha belgilangan:

  • 5 gramm — 7 mln 402 ming soʻm
  • 10 gramm — 14 mln 804 ming soʻm
  • 25 gramm — 29 mln 609 ming soʻm
  • 50 gramm — 74 mln 22 ming soʻm
  • 100 gramm — 148 mln 45 ming soʻm

Jahon bozorida esa 6 sentabr kuni oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiya uchun 3 600 dollarga yetdi.

Shu tariqa, joriy yil boshidan beri oltin 44 foizga qimmatlab, global miqyosda ham barqaror oʻsish tendensiyasini namoyon etmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+