11 809.190 so‘m

increase

18.400

13 206.220 so‘m

decrease

-79.640

138.150 so‘m

increase

0.370

11 809.190 so‘m

increase

18.400

11 soat avval
Iqtisodiyot
50

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 5,5 mlrd dollarga kamaydi

Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 oktabr holatiga 66,59 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu bir oy oldingiga nisbatan 7,7 foiz kam boʻlib, pasayish asosan oltin narxining arzonlashishi hisobiga yuz berdi. Ayni paytda zaxiralardagi oltinning jismoniy hajmi oshishda davom etgan.

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 5,5 mlrd dollarga kamaydi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentabrda 72,13 mlrd dollardan 66,59 mlrd dollarga tushgan. Bir oy ichidagi pasayish 5,55 mlrd dollarni tashkil etdi.

Zaxiralarning asosiy qismini monetar oltin tashkil qilmoqda. Uning qiymati bir oyda 64,93 mlrd dollardan 60,09 mlrd dollarga kamaydi. Bu 4,84 mlrd dollar yoki 7,5 foizlik pasayish demakdir.

Natijada oltinning jami xalqaro zaxiralardagi ulushi 90 foizdan 90,2 foizga koʻtarildi.

Biroq oltinning jismoniy hajmi aksincha oshgan. Markaziy bank tasarrufidagi monetar oltin miqdori 14,11 mln troy unsiyadan 14,34 mln troy unsiyaga yetgan. Bu qariyb 7,2 tonnalik oʻsishni anglatadi.

Shunday qilib, oltin zaxiralarining dollar hisobidagi qiymati kamayishi uning jismoniy hajmi qisqarishi bilan emas, balki jahon bozoridagi narxining pasayishi bilan bogʻliq.

Koʻrsatkichlar1 yanvar 20261 sentabr 20261 oktabr 2026
Rasmiy zaxira aktivlari$66,31 mlrd$72,13 mlrd$66,59 mlrd
Oltin$55,09 mlrd$64,93 mlrd$60,09 mlrd
Oltinning sof hajmi12,55 mln unsiya14,11 mln unsiya14,34 mln unsiya
Xorijiy valyutadagi zaxiralar$10,64 mlrd$6,64 mlrd$5,93 mlrd

Shu bilan birga, xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari ham kamayishda davom etdi. Ularning hajmi sentabr davomida 6,64 mlrd dollardan 5,93 mlrd dollarga tushdi. Bir oyda pasayish qariyb 703 mln dollar yoki 10,6 foizni tashkil etdi.

Yil boshidan buyon Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 66,31 mlrd dollardan 66,59 mlrd dollarga oshgan. Yaʼni toʻqqiz oy yakunida oʻsish qariyb 280 mln dollar yoki 0,4 foizni tashkil qilmoqda.

Biroq shu davrda xorijiy valyutadagi zaxiralar 10,64 mlrd dollardan 5,93 mlrd dollargacha qisqargan. Bu yil boshiga nisbatan qariyb 4,7 mlrd dollar yoki 44 foizlik pasayish demakdir.

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralarining 90 foizdan ortigʻi oltin hissasiga toʻgʻri kelayotgani sabab jahon bozorida qimmatbaho metall narxining oʻzgarishi zaxiralarning umumiy qiymatiga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+