12 531.780 so‘m

increase

75.530

14 538.120 so‘m

increase

76.410

159.820 so‘m

increase

1.460

12 531.780 so‘m

increase

75.530

2 kun avval
Bozor

Oltin narxida pasayish kuzatilmoqda

Oltin narxi savdolarda bir unsiya uchun $3 316 gacha tushib ketdi. Maʼlumot uchun, Citibank 2026 yilga borib oltin narxi $2 500–$2 700 oraligʻiga tushishi mumkinligini bildirgan. Bu esa 1 gramm sof oltinning hozirgi $107 dan $80 gacha arzonlashishi ehtimolini anglatadi.

Oltin narxida pasayish kuzatilmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Jahon bozorida oltin narxi pasayish tendensiyasini koʻrsatmoqda. Bu holatga AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Eron va Isroil oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi bayonot asosiy sabab sifatida tilga olinmoqda. 

Oltin narxi savdolarda bir unsiya uchun $3 316 gacha tushib ketdi. Xabar tayyorlanayotgan paytda qimmatbaho metal $3 322 dan savdo qilinmoqda.

Avvalroq geosiyosiy tangliklar kuchaygani fonida oltin — xavfsiz investitsiya vositasi sifatida — jahon bozorida katta talabga ega boʻlib, yil boshidan beri narxlar 27 foizga oshgan edi. Narxlarning keskin oʻsishiga Tramp davridagi boj siyosati, global iqtisodiy xavotirlar va markaziy banklarning faol xaridlari ham sabab boʻlgan.

Ammo endilikda dunyoning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri — Citibank oltin narxlarida pasayish boshlanganini taxmin qilmoqda. Bank oʻzining qisqa muddatli prognozini bir unsiya uchun $3 500 dan $3 300 ga, oʻrta muddatli prognozini esa $3 000 dan $2 800 ga tushirdi.

Citi mutaxassislariga koʻra, 2025 yilning uchinchi choragigacha oltin narxi $3 100–$3 500 oraligʻida boʻlishi mumkin. Bunga geosiyosiy xavflarning bosilishi, AQSh boj siyosatidagi noaniqliklar hamda federal byudjet bilan bogʻliq muammolar taʼsir koʻrsatadi. 2026 yilning ikkinchi yarmida esa narxlar bir unsiya uchun $2 500–$2 700 oraligʻiga tushib ketishi ehtimoli mavjud.

Narxlar pasayishi Oʻzbekistonga ham taʼsir koʻrsatmoqda

Global tendensiyalarning Oʻzbekiston ichki bozoriga ham taʼsiri sezilmoqda. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, ayni paytda banklarda sotilayotgan 5 grammli oltin quymasi narxi 6 million 959 ming soʻmni tashkil qilmoqda. 1 gramm oltin esa 1 million 391 ming 800 soʻmdan baholanmoqda.

Banklardagi oltin quymalari narxi quyidagicha:

  • 5 gramm — 6 959 000 soʻm
  • 10 gramm — 13 917 000 soʻm
  • 20 gramm — 27 835 000 soʻm
  • 50 gramm — 69 587 000 soʻm
  • 100 gramm — 139 174 000 soʻm

Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+