12 524.920 so‘m

increase

27.730

14 630.360 so‘m

increase

32.390

155.960 so‘m

increase

0.250

12 524.920 so‘m

increase

27.730

3 kun avval
Bozor

Oltin narxi ikki haftalik minimumdan soʻng yana oshdi

Bozorlarda siyosiy noaniqlik va foiz stavkalarining pasayishi haqidagi kutishlar oltin narxini yuqoriga koʻtardi. Citibank prognoziga koʻra, kelgusi uch oyda oltin narxi bir unsiya uchun 3 500 dollarga yetishi mumkin.

Oltin narxi ikki haftalik minimumdan soʻng yana oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oltin narxi ikki haftalik eng past darajadan (1 avgustdan beri) qaytib, koʻtarilish qayd etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Bunga, avvalo, AQShning 10 yillik gʻaznachilik obligatsiyalari daromadliligining pasayishi hamda geosiyosiy noaniqliklar sabab boʻlayotgani aytilmoqda.

Investorlar hozirda AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini muhokama qilishi kutilayotgan uchrashuvga eʼtibor qaratmoqda.

Dushanba kuni ertalab spot-oltin unsiyasi 3 345,64 dollarni tashkil etdi (0,3% oʻsish), dekabr uchun AQSh oltin fyucherslari esa 3 391,80 dollargacha koʻtarildi.

Analitiklarning taʼkidlashicha, kun boshida oltin biroz pasaygan boʻlsa-da, 3 330 dollar darajasida xaridorlar uni qulay imkoniyat sifatida baholab, bozorga faol kirishgani narxni koʻtarilishiga yordam berdi. AQSh obligatsiyalari daromadliligining pasayishi ham oltin uchun qoʻshimcha turtki boʻldi.

Alyaskada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tramp oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralarda Rossiyaning Ukrainadagi kichik hududlardan chiqishi, evaziga Kyiv sharqiy hududlarning ayrim qismlarini berishi mumkinligi tilga olingan. Bu masalaning tafsilotlari Tramp va Zelenskiy uchrashuvida davom etishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, AQShning 10 yillik obligatsiya daromadliligi ikki haftalik eng yuqori darajadan pastladi. Investorlar endi Federal rezervning Jekson-Xoulda boʻlib oʻtadigan yigʻilishidan foiz stavkalarini pasaytirish boʻyicha qaror chiqishini kutmoqda. Mutaxassislar sentabr oyida birinchi pasayish, yil yakunigacha esa ikkinchi marta ham pasayish ehtimolini taxmin qilmoqda.

Oltin odatda noaniqlik va past foiz stavkalari davrida xavfsiz aktiv sifatida qadrlanadi. Boshqa qimmatbaho metallar bozorida ham oʻsish kuzatildi: kumush unsiyasi 38,08 dollar (+0,3%), platina 1 346,61 dollar (+0,8%), palladiy esa 1 126,85 dollar (+1,3%) boʻldi.

Oʻzbekistonda oltin narxi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda oltin quymalarning narxlari jahon bozoridagi tebranishlarga qaramay barqarorligini saqlab qolmoqda. Amaldagi narxlar quyidagicha:

  • 5 gr – 6 957 000 soʻm
  • 10 gr – 13 934 000 soʻm
  • 20 gr – 27 869 000 soʻm
  • 50 gr – 69 672 000 soʻm
  • 100 gr – 139 343 000 soʻm

Avvalroq Pinkod Citibank oltin narxi boʻyicha oʻzining avvalgi pessimistik prognozini yangilab, kutilmalarni bir unsiya uchun 3 500 gacha koʻtargani haqida xabar bergan edi

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+