11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

Yaqin 5 daqiqa ichida
Bank
59

Nizomiddin Abbosov “Biznesni rivojlantirish banki” raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

“Biznesni rivojlantirish banki” boshqaruvi raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Nizomiddin Abbosov lavozimidan ozod etildi va uning Boshqaruv aʼzosi sifatidagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. U rais oʻrinbosari lavozimida qariyb 9,5 oy ishlagan. Bu soʻnggi bir oy ichida davlat banklarida kuzatilgan beshinchi shunday kadr oʻzgarishi boʻldi. 

Nizomiddin Abbosov “Biznesni rivojlantirish banki” raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Nizomiddin Abbosov “Biznesni rivojlantirish banki” boshqaruvi raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Kuzatuv kengashining 12 oktabrdagi qarorida maʼlum qilindi.

Hujjatda Abbosovning nima sababdan lavozimidan ozod etilgani va qaror uning arizasiga asosan qabul qilingan-qilinmagani koʻrsatilmagan. Majlis bayoni 21 oktabr kuni imzolangan.

Abbosov 2025 yil 30 dekabrda bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlangan edi. Unga qadar bankning Davlat dasturlari bosh direktori lavozimida ishlagan.

Abbosov ketganidan keyin uning oʻrniga yangi nomzod kiritilmagan. Natijada bank Boshqaruvi aʼzolari soni 9 nafardan 8 nafarga, raisning birinchi oʻrinbosari bilan birga oʻrinbosarlar soni esa 5 nafardan 4 nafarga kamaygan.

Davlat banklarida ketma-ket oʻzgarishlar

Bu davlat banklarida soʻnggi bir oy ichida kuzatilgan beshinchi shunday holat boʻldi.

17 sentabrda Mikrokreditbank boshqaruvi raisi oʻrinbosari Sodir Melibayev lavozimidan ketgan edi. Uning oʻrni yangi Boshqaruv tarkibida vakant qolgan.

24 sentabrda Xalq banki boshqaruvi raisi oʻrinbosari Xasanjon Ahmedov lavozimidan ozod etildi. Oradan bir kun oʻtib, Turonbank raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Zohidjon Obidovning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi.

30 sentabrda esa Aloqabank boshqaruvi raisi oʻrinbosari Akmal Xolmurodov lavozimidan ozod qilindi. Mazkur holatlarning barchasida bank Boshqaruvi tarkibidan bittadan rais oʻrinbosari chiqarilgan.

Shu tariqa, 17 sentabrdan 12 oktabrgacha boʻlgan davrda kamida beshta davlat bankida bittadan boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimini tark etdi.

Pinkod avvalroq bir-biridan mustaqil manbalarga tayanib, boshqa davlat banklarida ham shunga oʻxshash kadr oʻzgarishlari kutilayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq Markaziy bank yoki hukumat davlat banklarida rais oʻrinbosarlari sonini umumiy tartibda qisqartirish boʻyicha hozircha ochiq rasmiy bayonot bermagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+