12 185.110 so‘m

increase

35.560

14 081.110 so‘m

decrease

-6.290

152.580 so‘m

increase

2.140

12 185.110 so‘m

increase

35.560

26-avgust, 16:03
Bank

Dollar kursi toʻrt kunlik pasayishdan soʻng yana koʻtarildi

27 avgsut kuni amal qiladigan AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati 48,85 soʻmga yuqorilab, 12 354,65 soʻmni tashkil qildi. 

Dollar kursi toʻrt kunlik pasayishdan soʻng yana koʻtarildi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda soʻnggi kunlarda ketma-ket toʻrt sessiyada pasaygan dollar kursi yana koʻtarildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

27 avgust kuni amal qiladigan AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati 48,85 soʻmga yuqorilab, 12 354,65 soʻmni tashkil qildi. 

Dollar kursining bu koʻtarilishi ketma-ket ikki sessiyada kurs bir necha yillik minimum darajaga tushib ketganidan keyin kuzatildi. Xususan, 25 avgustdagi kurs soʻnggi 20 oy ichidagi eng past koʻrsatkichni qayd etgan boʻlsa, 26 avgust kuni kurs 2023 yil dekabridagi darajagacha pasaygandi.

Bu holat Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi ichki omillar taʼsirida yuz bermoqda. Masalan, iyul oyida mamlakat 1,09 milliard dollarlik oltin eksportini amalga oshirdi. Shu bilan birga, yilning dastlabki yetti oylik eksport hajmi butun 2024 yildagi koʻrsatkichdan ham oshib ketdi.

Bundan tashqari, Markaziy bankning maʼlumotiga koʻra, mehnat muhojirlari yuborgan pul oʻtkazmalari ikkinchi chorakda 4,8 milliard dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 21,4 foizga oshgan.

Oʻsish tendensiyasi davom etayotganini hisobga olsak, uchinchi chorakda ham pul oʻtkazmalari avvalgi yilga nisbatan yuqoriroq boʻlishi kutish mumkin. Bu esa oʻz navbatida milliy valyutani mustahkamlovchi omil sifatida taʼsir koʻrsatgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+