12 011.650 so‘m

increase

48.490

13 462.660 so‘m

increase

72.300

143.170 so‘m

increase

0.840

12 011.650 so‘m

increase

48.490

1 соат аввал
Iqtisodiyot
41

Dollar kursi yil boshidagi darajadan oshib, qariyb uch oylik maksimumga chiqdi

17 oktabrdan dollarning rasmiy kursini 44,25 soʻmga oshirilib, 12 055,90 soʻm etib belgilanadi. Soʻnggi ikki kunda AQSh valyutasi jami 92,74 soʻmga yoki 0,78 foizga qimmatlashdi. Natijada dollar yil boshidagi darajadan 30,57 soʻmga yuqorilab, 24 iyuldan beri eng yuqori koʻrsatkichga chiqdi.

Dollar kursi yil boshidagi darajadan oshib, qariyb uch oylik maksimumga chiqdi

Markaziy bank 17-oktabrdan dollar kursini 12 055,90 soʻm etib belgiladi. Shu tariqa AQSh valyutasi yil boshidagi darajadan 0,25 foizga oshib, qariyb uch oylik eng yuqori koʻrsatkichga chiqdi.

Regulyator maʼlumotlariga koʻra, yangi rasmiy kurs avvalgi kunga nisbatan 44,25 soʻmga yuqorilagan. Bir kun oldin ham dollar 48,49 soʻmga qimmatlashgan edi. Natijada soʻnggi ikki kunlik oʻsish 92,74 soʻm yoki 0,78 foizni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun, yil boshida bir dollar 12 025,33 soʻmga teng boʻlgan. Yangi kurs ushbu koʻrsatkichdan 30,57 soʻmga yuqori. Bu yil davomida dollar kursining pasayishi hisobiga shakllangan farq toʻliq yopilganini anglatadi.

Bundan tashqari, dollar 24 iyuldan beri eng yuqori darajaga chiqdi. Oʻsha kuni rasmiy kurs 12 101,84 soʻmni tashkil etgan, keyingi davrda esa pasaygan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+