12 190.570 so‘m

increase

18.390

14 303.200 so‘m

decrease

-53.890

157.480 so‘m

increase

0.030

12 190.570 so‘m

increase

18.390

09-oktabr, 2024
Texnologiya
615

AQSh Adliya vazirligi Google kompaniyasi ustidan sudga ariza kiritdi

AQSh Adliya vazirligi Google qidiruv tizimi orqali Google Play, Android va Chrome platformalarini reklama qilishni taqiqlamoqchi.

AQSh Adliya vazirligi Google kompaniyasi ustidan sudga ariza kiritdi

AQSh Adliya vazirligi Google monopoliyasiga barham berish uchun kompaniyani majburiy tartibda boʻlib yuborish toʻgʻrisida sudga ariza kiritdi. Agar sud vazirlik taklifiga koʻnsa, u Amerikaning soʻnggi 40 yildagi antitrast choralaridan biri boʻladi.

Vazirlik Google qidiruv tizimi orqali Google Play, Android va Chrome platformalarini reklama qilishni taqiqlamoqchi. Bundan tashqari, Google boshqa qidiruv servislariga investitsiya kiritish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Qolaversa, kompaniya Apple va Samsung singari yirik kompaniyalar bilan eksklyuziv kelishuvlar tuzolmaydi.

Avgustda sud Google qidiruv bozorining 90 foizini egallab olgani, internet reklama bozorining katta qismini nazorat qilishi, qolaversa, oʻz monopol mavqeini saqlab qolish uchun turli xatti-harakatlarni amalga oshirib kelgani tufayli monopol kompaniya deb topgan edi.

Google kompaniyasi dekabr oyida oʻz chora-tadbirlar rejasini taqdim etishini bildirgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+