12 114.970 so‘m

increase

40.690

14 260.530 so‘m

increase

41.860

162.070 so‘m

increase

1.210

12 114.970 so‘m

increase

40.690

21 daqiqa avval
Soliq
24

Apple’dan Claude AI’gacha: xorijiy Big Tech kompaniyalari I chorakda Oʻzbekistonda qancha soliq toʻladi?

2026 yilning I choragida Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 552 mlrd soʻmlik xizmat koʻrsatib, 65,7 mlrd soʻm soliq toʻladi. Eng koʻp soliq toʻlagan kompaniyalar roʻyxatida Apple 16,1 mlrd soʻm bilan birinchi, Google 14,9 mlrd soʻm bilan ikkinchi, Meta esa 13,9 mlrd soʻm bilan uchinchi oʻrinni egalladi. Top-10 talikdan Valve, OpenAI, Anthropic, Midasbuy, TikTok, Booking.com va Netflix ham joy oldi.

Apple’dan Claude AI’gacha: xorijiy Big Tech kompaniyalari I chorakda Oʻzbekistonda qancha soliq toʻladi?
Foto: AI/Pinkod.uz

Soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning yanvar–mart oylarida Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar qiymati 552 mlrd soʻmga yetdi. Bu oʻtgan yilning mos davridagi 306,6 mlrd soʻmga nisbatan qariyb 81 foizga koʻp.

Shu davrda ushbu kompaniyalar tomonidan toʻlangan soliqlar hajmi ham sezilarli oshgan. 2025 yil yanvar–mart oylarida xorijiy elektron xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar 36,2 mlrd soʻm soliq toʻlagan boʻlsa, 2026 yilning birinchi choragida bu koʻrsatkich 65,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda elektron shaklda xizmat koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar soni ham ortib bormoqda. 2025 yil 1 yanvar holatiga bunday kompaniyalar soni 63 ta boʻlgan boʻlsa, 2026 yil 1 yanvarda 78 taga, 1 aprel holatiga esa 89 taga yetgan.

2026 yilning birinchi choragida eng koʻp soliq toʻlagan xorijiy kompaniyalar reytingida Apple birinchi oʻrinni egalladi. Kompaniya tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar qiymati 134,8 mlrd soʻmni, toʻlangan soliq miqdori esa 16,1 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Keyingi oʻrinlardan Google va Meta joy oldi. Google 123,6 mlrd soʻmlik xizmat koʻrsatib, 14,9 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Metaʼda esa xizmatlar qiymati 117 mlrd soʻm, toʻlangan soliq miqdori 13,9 mlrd soʻm boʻlgan.

Reytingning kuchli beshligiga, shuningdek, Valve Corp. va OpenAI (ChatGPT) ham kirdi. Valve Corp. (Steam) 69 mlrd soʻmlik xizmatlar uchun 8 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻlagan. OpenAI esa 21,4 mlrd soʻmlik xizmatlar koʻrsatib, 2,5 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Top-10 roʻyxatini Anthropic (Claude AI), Midasbuy, TikTok, Booking.com va Netflix yakunlagan. Xususan, Anthropic 12,5 mlrd soʻmlik xizmatlar uchun 1,4 mlrd soʻm, Midasbuy 11 mlrd soʻmlik xizmatlar uchun 1,3 mlrd soʻm, TikTok 7,2 mlrd soʻmlik xizmatlar uchun 868,3 mln soʻm soliq toʻlagan. Booking.com’da bu koʻrsatkich mos ravishda 5,8 mlrd soʻm va 694,7 mln soʻmni, Netflixʼda esa 5,1 mlrd soʻm va 570,4 mln soʻmni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+