12 135.760 so‘m

decrease

-22.370

14 067.770 so‘m

decrease

-98.880

153.400 so‘m

decrease

-0.580

12 135.760 so‘m

decrease

-22.370

Yaqin 20 daqiqa ichida
Texnologiya
22

YouTube reklama daromadi $40,4 mlrdga yetib, anʼanaviy mediadan oʻzib ketdi

2025 yilda YouTube’ning reklama daromadi $40,4 mlrdga yetib, Disney, NBCUniversal, Paramount va Warner Bros. Discovery kompaniyalarining umumiy reklama daromadidan oshib ketdi. Tahlilchilar platformani “media bozorining yangi qiroli” deb atamoqda.

YouTube reklama daromadi $40,4 mlrdga yetib, anʼanaviy mediadan oʻzib ketdi
Foto: AI/Pinkod.uz

YouTube’ning 2025 yildagi reklama daromadi rekord darajaga — $40,4 mlrdga yetdi. Bu haqda Business Insider xabar berdi.

Bu koʻrsatkich ilk bor Disney, NBC, Paramount va Warner Bros. kompaniyalarining $37,8 mlrdlik umumiy reklama daromadidan oshib ketgan.

Shuningdek, YouTube’ning umumiy daromadi qariyb $62 mlrdni tashkil etdi. The Hollywood Reporter maʼlumotiga koʻra, bu hatto Disneyʼning media-boʻlinmasi daromadi ($60,9 mlrd)dan ham yuqori.

Tahlilchilar YouTube’ni “media bozorining yangi qiroli” deb atamoqda. Ularning baholashicha, platformaning qiymati $500–560 mlrd atrofida boʻlib, bu koʻplab anʼanaviy media kompaniyalaridan ancha yuqori. Eng yaqin raqobatchi sifatida Netflix koʻrsatilmoqda — uning bozor kapitallashuvi $409 mlrdni tashkil etadi.

Moffett Natanson prognozlariga koʻra, YouTube’ning keyingi oʻsishi platformaning global videoxosting sifatidagi yetakchi mavqei hamda sunʼiy intellektga kiritilayotgan investitsiyalar bilan bogʻliq boʻladi.

Nielsen maʼlumotlariga koʻra, 2026 yil yanvarida YouTube AQSh telekoʻrish bozorining 12,5% ulushini egallab, barcha striming va televideniye platformalarini ortda qoldirdi.

Platformaning tez oʻsishi asosan kreatorlar ekotizimi va obuna xizmatlari kengayishi bilan izohlanadi. 2021–2025 yillar oraligʻida YouTube kontent yaratuvchilarga $100 mlrd dan ortiq mablagʻ toʻlagan. Shuningdek, kompaniya daromadining qariyb uchdan bir qismi YouTube TV va boshqa premium xizmatlar hisobiga shakllanmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+