12 055.900 so‘m

increase

44.250

13 572.530 so‘m

increase

109.870

144.160 so‘m

increase

0.990

12 055.900 so‘m

increase

44.250

3 soat avval
Bank
87

Oʻzbekistonda Google Pay toʻlov xizmati ishga tushirildi

Google Oʻzbekistonda oʻz toʻlov xizmatini ishga tushirganini eʼlon qildi. Kompaniyaning rasmiy saytida ham mamlakat Google Pay orqali sayt va ilovalarda toʻlov qilish mumkin boʻlgan davlatlar qatorida koʻrsatilgan. Hozircha qaysi banklarning qanday kartalari xizmat bilan ishlashi aniq emas.

Oʻzbekistonda Google Pay toʻlov xizmati ishga tushirildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi xabariga koʻra, bu haqda 19 oktabr kuni Samarqandda C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida oʻtkazilgan “Raqamli texnologiyalar” panel sessiyasida maʼlum qilingan.

Unda Google Cloud’ning davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar yoʻnalishi rahbari Marsin Krasuski Google Pay Oʻzbekistonda ish boshlaganini eʼlon qilgan. Sessiyada Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh davlat idoralari hamda kompaniyalari vakillari qatnashgan.

Google’ning rasmiy maʼlumot sahifasida Oʻzbekiston xizmatni qoʻllab-quvvatlaydigan sayt va ilovalarda toʻlov qilish mumkin boʻlgan mamlakatlar roʻyxatida bor. Biroq bu roʻyxatning oʻzi mahalliy bank kartalarini Google Wallet’ga ulab, doʻkonlardagi terminallarda kontaktsiz toʻlov qilish imkoniyati mavjudligini tasdiqlamaydi. 

Google Wallet orqali kontaktsiz toʻlov qilish uchun NFC texnologiyasiga ega Android smartfon va xizmatga mos bank kartasi kerak. Google yoʻriqnomasiga koʻra, kartalarning raqamli hamyon bilan ishlashini ularni chiqargan bank belgilaydi. Shu sababli Google Pay ishga tushirilgani barcha Visa, Mastercard, Humo va Uzcard kartalari avtomatik ravishda unga ulanishini anglatmaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+