12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

5 kun avval
Bozor

5 grammlik oltin quyma narxi ilk marotaba 6,5 mln soʻmdan oshdi

Jahon bozorida esa oltin narxi troya unsiya uchun $3 100 ga yaqinlashdi.

5 grammlik oltin quyma narxi ilk marotaba 6,5 mln soʻmdan oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda oltin quymalari yana bir rekord oʻrnatdi. Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, ayni paytda 1 gramm oltin quyma 1 306 600 soʻmga baholanmoqda.

5 grammlik oltin quyma narxi esa 6 mln 533 ming soʻmdan sotilmoqda.

Toʻliq narxlar:

  • 5gr — 6 mln 533 ming soʻm
  • 10 gr — 13 mln 66 ming soʻm
  • 20 gr — 26 mln 133 ming soʻm
  • 50 gr — 65 mln 332 ming soʻm
  • 100 gr — 130 mln 665 ming soʻm

Oʻzbekistonda Markaziy bank tomonidan 999,9 soflikdagi oltindan  5, 10, 20, 50 va 100 grammli quymalar sotuvga chiqarilgan va quymalar narxini regulyator har kuni yangilab boradi

Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.

Jahon bozorida esa oltin narxi $3 100 ga yaqinlashdi. Ayni paytda u $3 085 atrofida savdo qilinmoqda.

Oltin narxi boʻtsicha yeng yuqori prognozni Macquarie Group taqdim etgan boʻlib, uning taxminiga koʻra, 2025 yilning uchinchi choragida oltin narxi $3,500 ga yetishi mumkin.

Shveysariyaning yetakchi investitsion banklaridan biri boʻlgan UBS esa  2025 yilda oltin $3,200 dan yuqoriga koʻtarilishi mumkinligini taʼkidlamoqda


Mavzuga doir: Prognoz: 2025 yilda oltin narxi qanchagacha koʻtarilishi mumkin?

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+