12 136.570 so‘m

decrease

-0.530

14 318.730 so‘m

increase

11.520

157.700 so‘m

decrease

-0.830

12 136.570 so‘m

decrease

-0.530

5 soat avval
Iqtisodiyot
31

“Xalq banki” va “Navoiyazot” chiqarildi: UzNIF portfeli tarkibidagi kompaniyalarda yana oʻzgarish yuz berdi

UzNIF portfelidagi kompaniyalar soni 15 tadan 13 tagacha qisqardi. Jamgʻarma ustav kapitalidan “Navoiyazot” va “Xalq banki”ning mos ravishda 25 foiz va 30 foizlik ulushlari chiqarildi. Shuningdek, portfeldagi “Oʻzbektelekom”, “Oʻzbekinvest” va “Oʻzsanoatqurilishbank”ning ulushlari oshirildi.

“Xalq banki” va “Navoiyazot” chiqarildi: UzNIF portfeli tarkibidagi kompaniyalarda yana oʻzgarish yuz berdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Avvalroq 2026 yil oxirigacha Milliy Investitsiya jamgʻarmasining 30 foiz aksiyalari IPO’ga chiqarilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi

Prezident imzolagan yangi qarorga muvofiq, jamgʻarma ustav kapitali va portfel tarkibida qator muhim oʻzgarishlar amalga oshiriladi.

2025 yilda UzNIF portfelidagi kompaniyalar soni 18 tadan 15 tagacha qisqartirilgan edi. Oʻsha jarayonda Uzbekistan Airports AJning 25 foizi, “Mikrokreditbank” ATBning 40 foizi, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 25 foizi hamda “Oʻzbekiston pochtasi” AJning 25 foiz aksiyalari jamgʻarma tarkibidan chiqarilgan edi. Ularning oʻrniga “Oʻzsanoatqurilishbank”ning 30 foizlik davlat ulushi jamgʻarma portfeliga kiritilgandi.

2026 yil boshiga kelib esa portfeldagi kompaniyalar soni yana qisqarib, 15 tadan 13 taga tushirildi. Xususan, “Navoiyazot”ning 25 foizi va “Xalq banki”ning 30 foizi jamgʻarma ustav kapitalidan chiqarilishi belgilandi.

Shu bilan birga, ayrim kompaniyalar boʻyicha jamgʻarma ulushi oshiriladi:

  • “Oʻzbektelekom” — 25 foizdan 30 foizga
  • “Oʻzbekinvest” — 30 foizdan 40 foizga
  • “Oʻzsanoatqurilishbank” — 30 foizdan 40 foizga

Ayni paytda jamgʻarma portfeli quyidagicha shakllangan:

T/rNomlanishiJamgʻarma ulushi (%)
1“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ40
2“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ25
3“Oʻzbekgidroenergo” AJ40
4“Oʻzbektelekom” AJ30
5“Uzbekistan airways” AJ25
6“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ40
7“Hududgaztaʼminot” AJ40
8“Toshshahartransxizmat” AJ25
9“Oʻzbekiston MET” AJ40
10“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ40
11“Oʻzbekinvest” AJ40
12“Oʻzsuvtaʼminot” AJ40
13“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB40

Shuningdek, xalqaro investitsiya kompaniyasi Franklin Templeton’ga (jamgʻarma boshqaruvchisi) “Oʻzbekinvest”ni xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga ruxsat beriladi.

Qaror bilan yana bir muhim norma joriy etilmoqda. Endilikda jamgʻarma ulushi mavjud boʻlgan kompaniyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni jamiyatlar ixtiyorida qoldirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish taqiqlanadi. Yaʼni, ushbu kompaniyalar foydasi bevosita aksiyadorlar manfaatini taʼminlashga yoʻnaltirilishi kerak boʻladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+