12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

14 107.450 so‘m

increase

51.900

150.180 so‘m

increase

4.560

12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

12-fevral, 19:24
Bozor

$TRUMP memkoini ortidan 800 mingdan koʻproq foydalanuvchi $2 milliard yoʻqotdi

Bu vaqtda esa Donald Trampga qarashli kompaniya va uning hamkorlari $100 mln ishlab topgan. 

$TRUMP memkoini ortidan 800 mingdan koʻproq foydalanuvchi $2 milliard yoʻqotdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Donald Trampning memkoinini sotib olgan 813 000 dan ortiq kripto hamyon egalari jami $2 mlrd yoʻqotdi. Shu bilan birga, Trump Organization va uning hamkorlari savdo toʻlovlaridan 100 million dollar foyda koʻrdi.


Mavzuga doir: Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp oʻzining ikkinchi prezidentlik muddati oldidan $TRUMP va $MELANIA nomli memkoinlarni ishga tushirdi.


17 yanvarda ishga tushirilgan $TRUMP dastlab keskin qimmatlashdi va 19 yanvarda qariyb 75 dollarga yetib, 14,75 milliard dollarlik bozor qiymatiga ega boʻldi. Ammo bir necha kundan keyin uning narxi sezilarli darajada pasayib ketdi. 

Bugungi kunda memkoin kripto-birjalarda 16 dollardan biroz yuqoriroq narxda savdo qilinmoqda va uning bozor kapitallashuvi esa 3,72 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Bu esa kripto-aktiv eng yuqori qiymatidagi bozorlashuvining 4/3 qismini yoʻqotganini bildiradi.

Ishga tushirilganidan atigi uch hafta oʻtib, Donald Trampning memkoini gʻoliblarga qaraganda koʻproq yoʻqotganlarni paydo qildi. Har bir savdo toʻlovi orqali $TRUMP yaratuvchilari 1 dollar ishlab topgan boʻlsa, investorlar 20 dollar yoʻqotgan.

Chainalysis kriptovalyuta kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan tahlilga koʻra, $TRUMP tokenini sotib olib ushlab turgan yoki zararga sotgan jami 813 294 hamyon 19 kun ichida 2 milliard dollar zarar koʻrgan.

Merkle Science va Chainalysis tahlilchilari ushbu savdo Trump Organization va boshqa manfaatdor tomonlarga 100 million dollar savdo toʻlovlarini olib kelganini hisoblab chiqdi. Biroq, bu mablagʻning katta qismi hali naqdga aylantirilmagan.

Donald Tramp oilaviy koʻchmas mulk, koʻngilochar biznes va endilikda kripto-aktivlarini boshqaradigan xususiy holding kompaniyasi egasi boʻlsa-da, ikkinchi prezidentlik muddati oldidan korporatsiyaning rahbarligini farzandlariga topshirgan. U ilgari oʻz biznesidan voz kechish yoki uni koʻr-koʻrona ishonchli boshqaruvga oʻtkazishdan bosh tortgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+