12 011.650 so‘m

increase

48.490

13 462.660 so‘m

increase

72.300

143.170 so‘m

increase

0.840

12 011.650 so‘m

increase

48.490

11-mart, 16:54
Iqtisodiyot
813

Tramp hokimiyatga kelganidan beri 1000 dan ortiq oʻzbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi

11 mart kuni AQSh yana 72 nafar Oʻzbekiston fuqarosini mamlakatdan deportatsiya qildi. AQSh elchixonasiga koʻra, Donald Tramp prezidentlikka kelganidan buyon noqonuniy immigratsiyaga qarshi siyosat doirasida 1000 dan ortiq oʻzbekistonlik deportatsiya qilingan.

Tramp hokimiyatga kelganidan beri 1000 dan ortiq oʻzbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
Foto: AI/Pinkod.uz

11 mart kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari 72 nafar Oʻzbekiston fuqarosini deportatsiya qildi. Bu haqda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu shaxslar AQSh hududida qolish uchun qonuniy ruxsatga ega boʻlmagan. Elchixona bayonotiga koʻra, mazkur parvoz Qoʻshma Shtatlarning chegaralar xavfsizligini taʼminlash hamda noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurash doirasida amalga oshirilgan navbatdagi choradir.

Maʼlum qilinishicha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan buyon AQSh hukumati noqonuniy immigratsiyaga qarshi siyosat doirasida 1000 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarosini deportatsiya qilgan.

Shuningdek, rasmiy xabarda AQSh hududiga noqonuniy kirgan shaxslar hibsga olinishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkinligi taʼkidlangan. AQSh tomoni deportatsiya jarayonlarini tashkil etishda hamkorlik qilayotgani uchun Oʻzbekiston hukumatiga ham minnatdorlik bildirgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+