12 044.720 so‘m

decrease

-11.180

13 525.020 so‘m

decrease

-47.510

145.460 so‘m

increase

1.300

12 044.720 so‘m

decrease

-11.180

6 soat avval
Iqtisodiyot
69

Oʻzbekiston va AQSh qariyb 12 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

Samarqanddagi biznes uchrashuvi doirasida 54 ta kelishuv va istiqbolli tashabbusdan iborat toʻplam shakllantirildi. Hamkorlikda muhim minerallarni qayta ishlash, energetika, maʼlumotlar markazlari va sunʼiy intellektga eʼtibor qaratiladi. Tashabbuslarni amalga oshirish uchun alohida harakatlar dasturi ishlab chiqiladi.

Oʻzbekiston va AQSh qariyb 12 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasida umumiy qiymati qariyb 12 mlrd dollarlik kelishuvlar va istiqbolli tashabbuslar toʻplami shakllantirildi. Bu haqda 19 oktabr kuni Samarqandda oʻtkazilgan Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yigʻilishida maʼlum qilindi.

Yigʻilish ochilishida Shavkat Mirziyoyev, AQSh davlat kotibi Marko Rubio, prezidentning maxsus vakili Serjio Gor hamda Amerika kompaniyalari va banklari vakillari qatnashdi.

Jami 54 ta kelishuv va tashabbusni amalga oshirish uchun kompleks harakatlar dasturi tayyorlanadi. 

Hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari sifatida muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish, energetika va maʼlumotlar markazlarini rivojlantirish belgilandi. Shuningdek, sanoat, qishloq xoʻjaligi, taʼlim va davlat boshqaruviga sunʼiy intellektni joriy etish koʻzda tutilmoqda.

AQSh investorlariga yer, infratuzilma va ruxsatnomalar masalalari hal etilgan tayyor loyihalar taklif etiladi. Mahalliy tadbirkorlar ularda hamkor boʻlib, investitsiya xatarlarining bir qismini oʻz zimmasiga olishi mumkin. Yangi tashkil etilgan Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi ham loyihalarda qatnashadi.

Bundan tashqari, 2035 yilgacha moʻljallangan savdo-investitsiyaviy va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+