11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

2 soat avval
Bozor
40

AQSh fond bozori bir kunda 3,2 trln dollar qiymatini yoʻqotdi

AQSh fond bozorida sunʼiy intellekt sohasiga kiritilayotgan ulkan investitsiyalar oʻzini oqlashi va tarmoq ustidan nazorat kuchayishi mumkinligi haqidagi xavotirlar ommaviy sotuvlarga sabab boʻldi. 5 noyabrdagi savdolarda kompaniyalarning umumiy bozor qiymati 3,2 trln dollarga qisqardi, Nvidia va boshqa texnologik gigantlar aksiyalari keskin arzonlashdi. Natijada Nasdaq indeksi 5,52 foizga qulab, 2025 yil aprelidan buyon eng katta kunlik pasayishni qayd etdi.

AQSh fond bozori bir kunda 3,2 trln dollar qiymatini yoʻqotdi

5 noyabr kuni AQSh fond bozorida keng koʻlamli sotuvlar kuzatildi. Financial Times hisob-kitoblariga koʻra, S&P Composite 1500 indeksiga kiruvchi kompaniyalarning umumiy bozor qiymati bir kun ichida 3,2 trln dollarga qisqardi. Bu asr boshidan buyon qayd etilgan eng yirik kunlik yoʻqotishlardan biri boʻldi.

Savdolar yakunida AQShning asosiy fond indekslari sezilarli pasaydi. Xususan, S&P 500 indeksi 4,36 foizga tushib, 7 353,73 punktni tashkil etdi. Texnologik kompaniyalar ulushi yuqori boʻlgan Nasdaq Composite 5,52 foizga, Dow Jones esa 3,44 foizga arzonlashdi. Nasdaq 100 indeksidagi pasayish 6,4 foizga yetdi.

Eng katta yoʻqotishlar sunʼiy intellekt infratuzilmasi va yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarish bilan bogʻliq kompaniyalarga toʻgʻri keldi.

Jumladan, Nvidia aksiyalari 9,3 foizga, AMD 17,3 foizga, CoreWeave 9,8 foizga arzonlashdi. Yarimoʻtkazgich ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar aksiyalarini kuzatib boruvchi Philadelphia Semiconductor indeksi esa 12,2 foizga pasaydi.

Pasayishga AQShdagi oraliq saylovlarda Demokratik partiyaning gʻalabasi ortidan sunʼiy intellekt sanoatini tartibga solish kuchayishi mumkinligi haqidagi xavotirlar turtki boʻldi.

Investorlar yangi siyosiy sharoitda maʼlumotlar markazlari qurilishiga cheklovlar qoʻyilishi va sunʼiy intellekt infratuzilmasiga yoʻnaltirilayotgan milliardlab dollarlik investitsiyalar sekinlashishidan xavotirda.

Bunday cheklovlar chiplar, serverlar va maʼlumotlar markazlari uchun uskunalarga boʻlgan talabni kamaytirishi mumkin. Aynan shu talab soʻnggi yillarda Nvidia va boshqa texnologik kompaniyalar aksiyalarining keskin qimmatlashishiga asosiy omillardan biri boʻlib kelgan.

Shu bilan birga, investorlar sunʼiy intellektga sarflanayotgan katta mablagʻlar qanchalik tez foyda keltirishiga ham shubha bilan qaramoqda. Yuqori foiz stavkalari va moliyalashtirish xarajatlarining oshishi sohadagi kompaniyalarga qoʻshimcha bosim yaratmoqda.

Natijada Nasdaq Composite indeksi 6 oktabrda qayd etilgan tarixiy maksimumidan 11,9 foizga pasaydi. Bu indeksning rasman korreksiya hududiga kirganini anglatadi. Fond bozorida rekord darajadan kamida 10 foizlik pasayish korreksiya hisoblanadi.

5 noyabrdagi sotuvlar AQSh fond indekslari uchun 2025 yil aprelida prezident Donald Trampning yangi boj tariflari ortidan kuzatilgan bozor qulashidan buyon eng ogʻir savdo kuniga aylandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+