12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

15-yanvar, 18:08
Texnologiya

TikTok uchun kurash: endi MrBeast ham platformani sotib olmoqchi

Amerikalik taniqli bloger va filantrop MrBeast (Jimmi Donaldson) TikTok platformasini AQShda bloklanish xavfidan saqlab qolish uchun sotib olishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

TikTok uchun kurash: endi MrBeast ham platformani sotib olmoqchi
Foto: AI

13 yanvar kuni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida MrBeast quyidagicha tvit qoldirdi:

MrBeast: “Yaxshi, mayli, TikTok bloklanmasligi uchun uni sotib olaman”.

Shuningdek, bloger keyingi postida bir nechta milliarderlarning unga hamkorlik taklif qilganini taʼkidladi:

MrBeast: “Men bu tvitni yozganimdan soʻng, hazil emas, koʻplab milliarderlar menga murojaat qilishdi. Koʻraylikchi, bu ishni amalga oshira olarmikanmiz?”

Nega TikTok sotilishi kerak?

2024 yil aprel oyida AQShda TikTok’ga nisbatan yangi qonun loyihasi qabul qilindi. Ushbu qonunga koʻra, TikTok’ga egalik qiluvchi Xitoy kompaniyasi ByteDance platformani xorijiy kompaniyaga sotishi talab qilinadi. Ushbu talablarga rioya qilish uchun kompaniyaga 9 oy muddat berilgan.

Aks holda, ilova Amerika ilova doʻkonlaridan olib tashlanadi va foydalanuvchilar unga kirish imkoniyatini yoʻqotadi. Bu jarayonning soʻnggi muddati 2025 yil 19 yanvar sanasida tugaydi.

TikTok qanchaga sotib olinadi?

The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, 2024 yilning toʻrtinchi choragida ByteDance dunyoning eng qimmat xususiy kompaniyalaridan biri boʻlib qolmoqda va qariyb 300 milliard dollarga baholangan. Forbes nashri esa TikTok’ning Amerika boʻlimini sotib olish $40-50 mlrd atrofiga tushishini aytib oʻtgan.

Shuningdek, avvalroq Xitoy hukumati TikTok’ning AQShdagi operatsiyalarini boshqa bir xorijiy milliarderga, masalan, Ilon Maskga sotish boʻyicha dastlabki muzokaralar oʻtkazayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+