12 128.020 so‘m

increase

29.900

14 419.000 so‘m

increase

65.790

158.520 so‘m

decrease

-0.120

12 128.020 so‘m

increase

29.900

18 soat avval
Texnologiya
58

Instagram, TikTok va YouTube bolalarni ataylab platformalarga qaram qilganlikda ayblanmoqda

AQShning Los-Anjeles shahrida boshlangan sud jarayonida Instagram, TikTok va YouTube bolalarni atayin oʻz platformalariga qaram qilib qoʻyganlikda ayblanmoqda.

Daʼvogarlarga koʻra, foyda orttirishga qaratilgan dizayn va algoritmlar bolalar ruhiy salomatligiga jiddiy zarar yetkazgan. 

Jarayon davomida Meta rahbari Mark Sukerbergning sudda koʻrsatma berishi kutilmoqda.

Instagram, TikTok va YouTube bolalarni ataylab platformalarga qaram qilganlikda ayblanmoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

Bu hafta AQShning Los-Anjeles shahrida juda muhim sud jarayoni boshlanmoqda. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Unda dunyoning uchta yirik texnologiya kompaniyasi Instagram (Meta), TikTok (ByteDance) va YouTube (Google) bolalarga zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Daʼvogarlarga koʻra, bu platformalar bolalarni ataylab oʻziga qaram qilib qoʻyadigan qilib yaratilgan va bu ularning ruhiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

Sud ishining markazida 19 yoshli qiz turibdi. U bolaligidan ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanganini, buning oqibatida depressiya va oʻz joniga qasd qilish fikrlari kuchayganini aytmoqda. Daʼvoga koʻra, bu tasodif emas — kompaniyalar foydani oshirish uchun maxsus dizayn yechimlari orqali bolalarni iloji boricha uzoqroq vaqt ekranga mixlab qoʻyishni maqsad qilgan.

Daʼvogarlar ijtimoiy tarmoqlarni qimor avtomatlari va tamaki mahsulotlari bilan qiyoslayapti. Yaʼni, odamni qaram qiladigan mexanizmlar ataylab qoʻllangan, bolalar esa bu tizimning bevosita nishoniga aylangan, deyilmoqda. 

Agar sud bu fikrni qoʻllab-quvvatlasa, texnologiya kompaniyalari hozirgacha tayangan asosiy huquqiy himoyalaridan, jumladan soʻz erkinligi va foydalanuvchilar joylagan kontent uchun javobgarlikdan ozod qiluvchi normalardan mahrum boʻlishi mumkin.

Sudda Meta bosh direktori Mark Sukerberg kabi yuqori lavozimli rahbarlar ham guvohlik berishi kutilmoqda. Jarayon 6–8 hafta davom etadi. 

Mutaxassislar bu ishni 1990 yillarda tamaki kompaniyalariga qarshi oʻtkazilgan yirik sudlar bilan solishtirmoqda. Oʻshanda tamaki ishlab chiqaruvchilar milliardlab dollar toʻlashga va bolalarga qaratilgan reklamalardan voz kechishga majbur boʻlgan edi.

Texnologiya kompaniyalari esa ayblovlarni rad etmoqda. Ular bolalarni himoyalash uchun koʻplab xavfsizlik choralarini joriy qilganini, shuningdek, ruhiy salomatlik muammolarini faqat ijtimoiy tarmoqlar bilan bogʻlash notoʻgʻri ekanini aytmoqda. Ularning fikricha, oʻsmirlar ruhiy holatiga oʻqish bosimi, ijtimoiy muammolar, xavfsizlik, iqtisodiy sharoit va boshqa koʻplab omillar taʼsir qiladi.

Bu ish AQShda birinchisi emas. Joriy yildan boshlab AQShda ijtimoiy tarmoqlarga qarshi bolalar ruhiy salomatligiga zarar yetkazganlik boʻyicha koʻplab sudlar boshlanadi. 40 dan ortiq shtat bosh prokurorlari Metaʼga qarshi daʼvo kiritgan. TikTok ham oʻnlab shtatlarda shunga oʻxshash ayblovlarga duch kelmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+