12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

6 kun avval
Texnologiya

Telegram’da Ilon Maskga qarashli Grok chat-botidan foydalanish imkoniyati paydo boʻldi.

Telegram Premium obunasiga ega foydalanuvchilar hozirda Grok’dan bepul foydalanishi mumkin.

Telegram’da Ilon Maskga qarashli Grok chat-botidan foydalanish imkoniyati paydo boʻldi.
Foto: AI / Pinkod.uz

Ilon Maskning xAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan Grok chat-boti endi Telegram’da ham foydalanish mumkin. Bu haqda tadbirkor X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qildi.

Kompaniya X tarmogʻidagi kabi Telegram’da ham Grok’ni barcha foydalanuvchilar uchun bepul taqdim qilmadi. Hozirda faqat Telegram Premium obunachilarigina undan foydalanishi mumkin.

Bot oxirgi versiya – Grok 3 asosida ishlaydi. Biroq, ishlab chiquvchilar taʼkidlaganidek, Telegram versiyasida Think (mantiqiy mulohaza yuritish) va DeepSearch (manbalarni chuqur tahlil qilish) funksiyalari mavjud emas. Ushbu imkoniyatlar faqat Grok’ning maxsus ilovasi va X platformasi uchun eksklyuziv boʻlib qoladi.

Ilon Mask ushbu modelni yer yuzidagi eng aqlli sunʼiy intellekt deb atagan. 18 fevral kuni oʻtkazilgan jonli efirda kompaniyaning maʼlum qilishicha, Grok-3 matematik, ilmiy va dasturlash mezonlari boʻyicha Alphabet Inc’ga tegishli Google Gemini, DeepSeek’ning V3 modeli, Anthropic’ning Claude va OpenAI’ning GPT-4o modellaridan ustun kelgan.

Modelning toʻliq imkoniyatlaridan X platformasi, rasmiy sayt yoki ilova orqali foydalanish mumkin.


Avvalroq, Telegram doimiy foydalanuvchilari soni 1 milliardga yetgani xabar qilingan edi. Maʼlumotga koʻra, oʻrtacha har bir foydalanuvchi kuniga Telegram’ni 21 marta ochib, ilovada 41 daqiqa vaqt oʻtkazmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+