12 413.790 so‘m

decrease

-52.650

14 468.270 so‘m

decrease

-48.900

154.860 so‘m

decrease

-0.560

12 413.790 so‘m

decrease

-52.650

01-avgust, 18:03
Bank

Paynet, Payme va Click: 2025 yil birinchi yarmida kim qancha foyda koʻrdi?

Oʻzbekistonning uch yetakchi toʻlov kompaniyasi — Paynet, Payme va Click 2025 yilning ilk olti oyiga oid moliyaviy hisobotlarini eʼlon qildi. 

Unga koʻra, har uchala kompaniya ham oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sof foyda va tushumda sezilarli oʻsishga erishgan.

Pinkod ushbu tashkilotlarning dastlabki yarim yillikda qayd etgan asosiy koʻrsatkichlarini oʻrganib chiqdi.

Paynet, Payme va Click: 2025 yil birinchi yarmida kim qancha foyda koʻrdi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda toʻlov xizmatlari bozoriga boʻlgan talab tobora kengayib bormoqda. Ayniqsa, onlayn toʻlov tizimlariga boʻlgan ehtiyoj ortib borar ekan, bozorda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar oʻrtasida raqobat kuchaymoqda.

Ushbu jarayonda Click, Paynet va Payme kompaniyalari yetakchi oʻrinlarni egallab kelmoqda.

2025 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra, ushbu kompaniyalar oʻzlarining moliyaviy hisobotlarini eʼlon qildi. Unga koʻra, har uchala kompaniya ham oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sof foyda va tushumda sezilarli oʻsishga erishgan.

Pinkod mazkur toʻlov tashkilotlarining 2025 yil yanvar–iyun oylarida qayd etgan moliyaviy natijalari bilan tanishib chiqdi.

Paynet — 201,7 milliard soʻm 

Paynet kompaniyasi 2025 yil yanvar–iyun oylarida 201,7 milliard soʻm miqdorida sof foyda oldi.

Ushbu koʻrsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 64,4 milliard soʻmga yoki 46,9 foizga koʻproqdir. Taʼkidlash joizki, oʻtgan yili Paynet ushbu davrda 137,3 milliard soʻm sof foyda qayd etgan edi.

Hisobotga koʻra, kompaniyaning umumiy tushumi ham sezilarli oshgan. Ushbu koʻrsatkich olti oyda 252,3 milliard soʻmga yoki 50,04 foizga oʻsib, 756,5 milliard soʻmni tashkil etdi.

Payme —166,3 milliard soʻm

Payme kompaniyasi 2025 yilning ilk olti oyida 166,3 milliard soʻm sof foyda oldi.

Payme’ning sof foydasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 53,5 milliard soʻmga yoki 47,4 foizga oshdi. 2024 yilning ayni shu davrida kompaniya 112,8 milliard soʻm sof foyda olgan edi.

Kompaniyaning sof tushumi 327,1 milliard soʻmni tashkil qildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 112,9 milliard soʻmga yoki 52,7 foizga koʻproq.

Click —154,7 milliard soʻm

Click kompaniyasi 2025 yilning birinchi yarim yilligida 154,7 milliard soʻm miqdorida sof foyda koʻrdi.

Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37,7 milliard soʻmga yoki 32,2 foizga koʻproqdir. Maʼlumot uchun, Click 2024 yilning ayni shu davrida 117 milliard soʻm sof foyda olgan edi.

Kompaniyaning sof tushumi ham oshgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 80,8 milliard soʻmga oʻsib, 353,4 milliard soʻmni tashkil qilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+