Oʻzsanoatqurilishbank 2025 yilning ilk yarim yilligida 808,6 mlrd soʻm sof foyda koʻrdi
Olti oylik yakuniga koʻra, bank 808,6 milliard soʻm sof foyda koʻrgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,2 foizga koʻproqdir. Maʼlumot uchun, 2024 yilning birinchi yarmida bank 768,4 milliard soʻm sof foyda olgan edi.

Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) 2025 yilning dastlabki yarim yilligiga oid moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, bank sof foydasida biroz oʻsish kuzatilgan.
Olti oylik yakuniga koʻra, bank 808,6 milliard soʻm sof foyda koʻrgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,2 foizga koʻproqdir. Maʼlumot uchun, 2024 yilning birinchi yarmida bank 768,4 milliard soʻm sof foyda olgan edi.
Choraklik koʻrinishda qaralganda, SQB:
- Yanvar–mart oylarida — 403,98 mlrd soʻm,
- Aprel–iyun oylarida — 404,58 mlrd soʻm sof foyda koʻrgan.
Bankning jami aktivlari hozirda 97,2 trillion soʻmni tashkil qilmoqda.
Dastlabki olti oy davomida bankning jami foizsiz daromadlari 5,2 trillion soʻmni tashkil etdi. Ushbu tarkibda sof foizli daromadlar 489 milliard soʻm boʻlib, bu yoʻnalishdagi oʻsish 37,7 foizni tashkil etgan.
Foizsiz daromadlar esa 3,45 trillion soʻmni tashkil qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 33,6 foizga oshgan.
Shuningdek, bank hisobot davrida 145,6 milliard soʻmlik daromad soligʻi toʻlagan.
Barcha operatsion xarajatlar chegirilgach, SQB 2025 yilning dastlabki yarim yilligini 808,6 milliard soʻm sof foyda bilan yakunlagan.
Mavzuga doir: