Kapitalbank sof foydasi 2025 yilning birinchi yarim yilligida 15 foizga kamaydi
Bank joriy yilning dastlabki olti oyini 602,4 milliard soʻm miqdoridagi sof foyda bilan yakunlagan. Raqamlar yirik koʻrinishiga qaramay, bu koʻrsatkich Kapitalbank uchun oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga kamroqdir.

Kapitalbank 2025 yilning birinchi yarim yilligi boʻyicha moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, bank joriy yilning dastlabki olti oyini 602,4 milliard soʻm miqdoridagi sof foyda bilan yakunlagan.
Raqamlar yirik koʻrinishiga qaramay, bu koʻrsatkich Kapitalbank uchun oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga kam. 2023 yilning ilk olti oyida bank 712,3 milliard soʻm sof foyda koʻrgan edi.
Choraklik kesimda qaralganda, Kapitalbank:
- Yanvar–mart oylarida – 276,4 mlrd soʻm,
- Aprel–iyun oylarida esa – 326 mlrd soʻm sof foyda koʻrgan.
Kapitalbankning jami aktivlari hisobot davri boshiga nisbatan 3 trln soʻmdan koʻproqqa ortib, 50,9 trln soʻmni tashkil qilmoqda.
Umumiy olti oy davomida bankning foizli daromadlari 3,6 trillion soʻmni tashkil qilgan boʻlib, uning 624,2 milliard soʻmi sof foizli daromad hisoblanadi.
Foizsiz daromadlar esa shu davrda 2,4 trillion soʻmni tashkil qilgan. Shu bilan birga, bank 124,8 milliard soʻm daromad soligʻi toʻlagan.
Barcha operatsion xarajatlar chegirib tashlangach, kompaniya yarim yillikni 602,4 milliard soʻmlik sof foyda bilan yakunlagan.