Oʻzmilliybank 2025 yilda 1,9 trln soʻm sof foyda oldi
Oʻzmilliybank 2025 yil yakunlari boʻyicha 1 trln 919 mlrd soʻm sof foyda oldi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 196,8 mlrd soʻm yoki 11,4 foizga koʻproqdir.

Oʻzmilliybank 2025 yilda 1,9 trln soʻm sof foyda oldi. Bu haqda bankning moliyaviy hisobotida maʼlum qilingan.
Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 196,8 mlrd soʻm yoki 11,4 foizga koʻproqdir. Taqqoslash uchun, 2025 yilning shu davrida bankning sof foydasi 1,7 trln soʻmni tashkil etgan edi.
2025 yilning IV choragi boʻyicha sof foyda quyidagicha taqsimlangan:
- Yanvar–mart oylarida (I) – 467,9 milliard soʻm,
- Aprel–iyun oylarida (II) – 537,4 milliard soʻm,
- Iyul-sentabr oylarida (III) – 444,4 mln soʻm,
- Oktabr-dekabr oylarida (IV) – 469,3 mln soʻm.
Yarim yillik yakuniga koʻra, bankning foizli daromadlari 17,5 trln soʻmni tashkil qildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 foizga koʻproqdir.
Ushbu davrda bankning foizsiz daromadlarida sezilarli darajada oʻsish kuzatildi. Yil davomida bu yoʻnalishdagi tushumlar 11,4 trln soʻmni tashkil etib, avvalgi yilga (2024 yil) nisbatan 54 foizga oshdi.
Xarajatlar qismida esa bank xodimlariga ish haqi va boshqa xarajatlariga 1,3 trln soʻm sarflagan. Shuningdek, NBU tomonidan davlat byudjetiga 386,3 milliard soʻmlik daromad soligʻi toʻlangan.
Avvalroq Pinkod Oʻzbekiston banklari 2025 yilning 11 oyida 13,5 trln soʻm sof foyda olgani haqida yozgan edi.
Shuningdek, banklar moliyaviy koʻrsatkichlari, shu jumladan, sof foydasi haqidagi muhim maʼlumotlar bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.









