12 131.550 so‘m

increase

22.530

14 124.760 so‘m

decrease

-14.940

153.540 so‘m

increase

3.230

12 131.550 so‘m

increase

22.530

9 soat avval
Bank
51

Oʻzbekiston banklari 11 oyda 13,5 trln soʻm sof foyda oldi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, banklarning 11 oydagi sof foydasi 13,5 trln soʻmga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,6 barobarga oshdi. Hisobot davrida foizli daromadlar 115,8 trln soʻmni, foizsiz daromadlar esa 64,8 trln soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekiston banklari 11 oyda 13,5 trln soʻm sof foyda oldi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 11 oyi yakunlariga koʻra Oʻzbekiston bank tizimining sof foydasi 13,5 trln soʻmni tashkil etdi. 

Taqqoslash uchun, 2024 yilning mos davrida bu koʻrsatkich 8,6 trln soʻm boʻlgan. Natijada banklar foydasi oʻtgan yilga nisbatan qariyb 1,6 barobarga oshdi.

Hisobot davrida banklarning daromadlari tarkibida ham foizli, ham foizsiz tushumlar sezilarli oʻsishni qayd etdi. Xususan, foizli daromadlar 115,8 trln soʻmga yetib, oʻtgan yilgi 101 trln soʻm bilan solishtirganda sezilarli oshgan. Foizsiz daromadlar esa 64,8 trln soʻmni tashkil etdi (2024 yilda — 47,2 trln soʻm).

Daromadlar bilan bir qatorda banklarning xarajatlari ham oshgan. Jumladan, omonatlar va jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha toʻlangan foiz xarajatlari 81,2 trln soʻmga yetdi. Operatsion xarajatlar hajmi esa 26,2 trln soʻmni tashkil etdi.

Shuningdek, kredit va lizing operatsiyalari boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlarni qoplash maqsadida banklar 21,6 trln soʻm miqdorida zaxira shakllantirdi. Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning shu davrida ushbu koʻrsatkich 19,7 trln soʻm boʻlgan.

Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan davlat byudjetiga 2,57 trln soʻm miqdorida soliqlar toʻlangan boʻlib, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 117 mlrd soʻmga koʻpdir.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+