Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi tarixiy rekordni yangiladi
9 sentabr kuni 5 grammlik oltin quymasi ilk bor 7,5 million soʻmdan oshdi. Bir gramm oltin narxi esa 1,5 million soʻmdan yuqoriladi.

Oʻzbekistonda oltin narxi rekord darajaga chiqdi.
Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 9 sentabr kuni 5 grammlik oltin quymasi ilk bor 7,5 million soʻmdan oshib, 7 million 531 ming soʻmni tashkil qildi.
Ayni paytda bir gramm quyma 1,5 million soʻmdan sal koʻproqqa sotilmoqda. Quymalar narxi quyidagicha belgilangan:
- 5 gramm — 7 mln 531 ming soʻm
- 10 gramm — 15 mln 62 ming soʻm
- 25 gramm — 30 mln 124 ming soʻm
- 50 gramm — 75 mln 310 ming soʻm
- 100 gramm — 150 mln 620 ming soʻm
Jahon bozorida oltin narxi
9 sentabr kuni ertalabki savdolarda oltin bir troya unsiyasi uchun 3 650 dollardan oshdi va bu ham rekord koʻrsatkich boʻldi. Xabar tayyorlanayotgan paytda qimmatbaho metall 3 654 dollardan savdo qilinmoqda.
Avvalroq Pinkod Goldman Sachs oltin narxi boʻyicha prognozini yangilagani haqida yozgan edi.
Bankning asosiy ssenariysiga koʻra, 2026 yilning oʻrtalarigacha bir unsiya oltin 4 ming dollargacha chiqishi mumkin. Agar esa Federal zaxira tizimi mustaqilligiga putur yetsa, narx yanada keskin oshib, 5 ming dollargacha yetishi ehtimol sifatida aytilmoqda.