12 084.100 so‘m

increase

16.340

14 197.610 so‘m

increase

56.610

146.720 so‘m

increase

1.080

12 084.100 so‘m

increase

16.340

23-sentabr, 11:31
Bozor

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajaga yetdi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 1 gramm oltin quymasi narxi 1 mln 521 ming soʻmni tashkil qilmoqda. Bu koʻrsatkich quymalar bozorida navbatdagi rekorddir.

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajaga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Jahon bozorida qimmatbaho metall narxining oshishi ortidan Oʻzbekistonda ham oltin quymalari qiymati yangi rekordni oʻrnatdi.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 1 gramm oltin quymasi narxi 1 mln 521 ming soʻmni tashkil qilmoqda. Bu koʻrsatkich quymalar bozorida navbatdagi rekord sifatida qayd etildi. Yil boshidan buyon narxlar 30 foizdan ortiq oshgan.

Quymalar narxi quyidagicha belgilangan:

  • 5 gramm — 7 mln 609 ming soʻm
  • 10 gramm — 15 mln 219 ming soʻm
  • 20 gramm — 30 mln 438 ming soʻm
  • 50 gramm — 76 mln 94 ming soʻm
  • 100 gramm — 152 mln 188 ming soʻm

Maʼlumot uchun, 23 sentabr kuni jahon bozorida ham oltin narxi tarixda ilk marotaba 3 750 dollardan oshib, rekord oʻrnatdi.


Avvalroq Pinkod jahon bozorida oltin narxi nega koʻtarilayotgani haqida maqola eʼlon qilgan edi.

Mutaxassislarning fikricha, narxlarning koʻtarilishiga asosan AQSh Federal rezerv tizimi (Fed) tomonidan kutilayotgan yumshoq foiz stavkalari siyosati sabab boʻlmoqda. Shu hafta bir nechta Fed rasmiylarining chiqishlari hamda muhim inflyatsiya koʻrsatkichlari eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+