12 109.020 so‘m

increase

75.740

14 139.700 so‘m

increase

78.810

150.310 so‘m

increase

1.010

12 109.020 so‘m

increase

75.740

02-oktabr, 2025
Bozor
2868

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi bir yil ichida qariyb 38 foizga oshdi

2025 yil 2 oktabr holatiga koʻra, oltin quymasining bir grammi 1 mln 547 ming soʻmni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 37,7 foiz koʻpdir.

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi bir yil ichida qariyb 38 foizga oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yil 2 oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda oltin quymasining bir grammi 1 mln 547 ming soʻm etib belgilandi. Shu tariqa, narx yil boshidan buyon 34-marta yangi rekord qayd etdi.

5 grammli oltin quyma 7 mln 737 ming soʻmdan sotilmoqda. Qolgan oʻlchamlardagi quymalar narxi quyidagicha:

  • 5 gramm — 7 mln 737 ming soʻm
  • 10 gramm — 15 mln 474 ming soʻm
  • 20 gramm — 30 mln 947 ming soʻm
  • 50 gramm — 77 mln 368 ming soʻm
  • 100 gramm — 154 mln 736 ming soʻm

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oltin narxi 37,7% ga oshgan. Masalan, 2024 yil 2 oktabrda 50 grammli oltin quyma 56,2 mln soʻm boʻlgan. Uni xarid qilgan shaxs bugun uni 77,4 mln soʻmga sotishi mumkin. Bir yillik sof foyda — 21,2 mln soʻm.

Jahon bozorida ham oltin narxi oʻsishda davom etmoqda. Hozirda qimmatbaho metall bir unsiya uchun 3 877,50 dollardan savdo qilinmoqda va 3 900 dollarlik tarixiy choʻqqiga yaqinlashmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+