Oʻzbekiston sugʻurta kompaniyalari 2026 yil I choragida qancha sof foyda oldi?
2026 yilning dastlabki uch oyi yakuniga koʻra, sugʻurta kompaniyalari orasida eng yuqori sof foydani APEX Insurance qayd etdi — 87,8 mlrd soʻm.
Euroasia Insurance 63,9 mlrd soʻm, “Oʻzbekinvest” esa 20,3 mlrd soʻmlik natija bilan yetakchilar qatoridan joy oldi.
Pinkod ochiq maʼlumotlar asosida sugʻurta kompaniyalari 2026 yil I chorak yakunlari boʻyicha qancha sof foyda olganini oʻrganib chiqdi.

Shu bilan birga, bozordagi barcha kompaniyalar ham chorakni ijobiy natija bilan yakunlamagan. Ayrim sugʻurta tashkilotlari sof foyda koʻrsatkichida sezilarli pasayish qayd etgan boʻlsa, 3 ta kompaniya zarar bilan ishlagan.
Pinkod ochiq maʼlumotlar asosida sugʻurta kompaniyalari 2026 yil I chorak yakunlari boʻyicha qancha sof foyda olganini oʻrganib chiqdi.
10 mlrd soʻmdan koʻp foyda olganlar
| Kompaniya | Sof foyda | Oʻzgarish |
|---|---|---|
| APEX Insurance | 87,8 mlrd soʻm | +154,3% |
| Euroasia Insurance | 63,9 mlrd soʻm | +775,7% |
| “Oʻzbekinvest” | 20,3 mlrd soʻm | +21,34% |
| “Kafolat sugʻurta” | 12,9 mlrd soʻm | +29,3% |
| “Xalq Sugʻurta” | 11,1 mlrd soʻm | +559,4% |
| Mosaic Insurance Group | 10,8 mlrd soʻm | -61,2% |
Ushbu segmentda APEX Insurance 87,8 mlrd soʻmlik sof foyda bilan yaqqol yetakchilik qildi. Kompaniya foydasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 154,3 foizga oshgan.
Euroasia Insurance ham keskin oʻsish qayd etib, sof foydasini 63,9 mlrd soʻmga yetkazdi. Bu oʻtgan yilning I choragiga nisbatan 775,7 foizlik oʻsishni anglatadi.
Shu bilan birga, yuqori foyda olgan kompaniyalar orasida pasayish holatlari ham kuzatildi. Jumladan, Mosaic Insurance Group’da sof foyda 61,2 foizga pasaygan.
5 mlrddan 10 mlrd soʻmgacha foyda olganlar
| Kompaniya | Sof foyda | Oʻzgarish |
|---|---|---|
| TBC Sug‘urta | 9,9 mlrd soʻm | +1749% |
| My Insurance | 6,9 mlrd soʻm | +4601,4% |
| SQB Insurance | 6,6 mlrd soʻm | +3,8% |
| “Kafil sugʻurta” | 6,3 mlrd soʻm | +7,8% |
| “Imkon sugʻurta” | 5,9 mlrd soʻm | +39% |
| “Hamkor sugʻurta” | 5,9 mlrd soʻm | -12,9% |
“Temiryoʻl Sugʻurta” | 5,6 mlrd soʻm | +4743% |
Bu guruhda TBC Sug‘urta, My Insurance va Temiryo‘l Sug‘urta eng yuqori oʻsish surʼatlarini qayd etdi. Xususan, Temiryo‘l Sug‘urta sof foydasi 5,6 mlrd soʻmga yetib, yillik hisobda 4743 foizga oshgan.
My Insurance 6,9 mlrd soʻm foyda bilan 4601,4 foizlik oʻsish koʻrsatdi. TBC Sug‘urta esa 9,9 mlrd soʻmlik sof foyda bilan 10 mlrd soʻmlik chegaraga yaqinlashdi.
1 mlrddan 5 mlrd soʻmgacha foyda olganlar
| Kompaniya | Sof foyda | Oʻzgarish |
|---|---|---|
| Gross sug‘urta | 4,15 mlrd soʻm | +96,3% |
| Alfa Invest | 3,6 mlrd soʻm | +15438% |
| Neo Insurance | 3,5 mlrd soʻm | +235,3% |
| “Oʻzbekiston qayta sugʻurta kompaniyasi” | 2 mlrd soʻm | — |
| Semurg Insurance | 1,7 mlrd soʻm | +1805% |
| Infinity Insurance | 1,7 mlrd soʻm | +640,6% |
| Aria sug‘urta | 1,5 mlrd soʻm | +8,7% |
“Kapital Sugʻurta” | 1,38 mlrd soʻm | -44,75% |
| Quantum Insurance | 1,2 mlrd soʻm | -73,3% |
| O‘zbekinvest Hayot | 1,2 mlrd soʻm | +15,7% |
Mazkur toifada Alfa Invest eng katta nisbiy oʻsishni qayd etdi. Kompaniya sof foydasi 3,6 mlrd soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15438 foizga oshgan.
Semurg Insurance va Infinity Insurance’da ham yuqori oʻsish kuzatildi. Ular mos ravishda 1,7 mlrd soʻmdan sof foyda qayd etgan.
Biroq “Kapital Sugʻurta” va Quantum Insurance’da pasayish bor. Quantum Insurance sof foydasi 73,3 foizga kamayib, 1,2 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
1 mlrd soʻmdan kam foyda olganlar
| Kompaniya | Sof foyda | Oʻzgarish |
|---|---|---|
| Kafolat Hayot Insurance | 998,6 mln soʻm | +118,4% |
| Alfa Life Insurance | 648,6 mln soʻm | -5% |
| INSON | 627,4 mln soʻm | +22,3% |
| Apex Life Insurance | 494,6 mln soʻm | +612,7% |
| Asia Insurance | 492 mln soʻm | +120,3% |
| Trust Insurance | 298,8 mln soʻm | -88,1% |
| Impex-Insurance | 170,6 mln soʻm | -91,5% |
| Prestige Insurance | 137,1 mln soʻm | -97,5% |
| Farovon sug‘urta | 58,7 mln soʻm | -59% |
| Agros Hayot | 25,1 mln soʻm | -81,88% |
Bu segmentda Kafolat Hayot Insurance 998,6 mln soʻmlik sof foyda bilan 1 mlrd soʻmlik chegaraga yaqin natija qayd etdi. Apex Life Insurance’da esa sof foyda 612,7 foizga oshib, 494,6 mln soʻmga yetgan.
Shu bilan birga, Trust Insurance, Impex-Insurance va Prestige Insurance’da sezilarli pasayish kuzatildi. Prestige Insurance sof foydasi 97,5 foizga qisqarib, 137,1 mln soʻmni tashkil etdi.
Zarar bilan yakunlaganlar
| Kompaniya | Sof foyda | Oʻzgarish |
|---|---|---|
| Alskom sug‘urta | -2,7 mlrd soʻm | sof natija 120,9% ga pasaygan |
| IShONCh sug‘urta | -594,9 mln soʻm | zarar 25,14% ga oshgan |
| Euroasia Life Insurance | -39,6 mln soʻm | sof natija 181,9% ga pasaygan |
Hisobot davrida 3 ta sugʻurta kompaniyasi chorakni zarar bilan yakunladi. Eng yirik zarar Alskom sug‘urta hissasiga toʻgʻri keldi — kompaniya 2,7 mlrd soʻm salbiy moliyaviy natija qayd etdi.
IShONCh sug‘urta zarari 594,9 mln soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilga nisbatan 25,14 foizga oshgan. Euroasia Life Insurance esa 39,6 mln soʻm zarar koʻrgan










