Sugʻurta kompaniyalari 9 oyda qancha sof foyda oldi?
Pinkod ochiq maʼlumotlar asosida sugʻurta kompaniyalari joriy yil III chorak yakunlari boʻyicha qancha sof foyda olganini oʻrganib chiqdi.

2025 yil dastlabki toʻqqiz oyi yakuni boʻyicha bir qator sugʻurta kompaniyalari ijobiy moliyaviy koʻrsatkichlarni qayd etgan boʻlsa, ularning ayrimlari chorakni zarar bilan yakunladi.
Pinkod ochiq maʼlumotlar asosida sugʻurta kompaniyalari joriy yil birinchi yarim yilligida qancha sof foyda olganini oʻrganib chiqdi.
10 mlrd soʻmdan koʻp foyda olganlar:
| № | Kompaniya nomi | Sof foyda (mlrd soʻm) | Oʻsish foizi |
| 1 | Apex Insurance | 203,5 | -27,8% |
| 2 | Oʻzbekinvest | 45,2 | +24,8% |
| 3 | EUROASIA INSURANCE | 37,5 | +323,3% |
| 4 | Mosaic insurance group | 28,2 | +66,7% |
| 5 | Alfa invest | 26,9 | +122% |
| 6 | Gross sug‘urta | 26,9 | +46,4% |
| 7 | My-Insurance | 24,6 | +46 742% |
| 8 | Hamkor sugʻurta | 18,8 | +3,5% |
| 9 | SQB insurance | 17,3 | +7% |
| 10 | Kafolat sugʻurta | 15,1 | -84,1% |
| 11 | Kafil sugʻurta | 15,0 | +157,5% |
| 12 | Alskom Sug‘urta | 14,0 | +548,5% |
| 13 | TBC SUG'URTA | 13,8 | — |
Ushbu segmentda Apex Insurance yaqqol yetakchilikni saqlab qolgan boʻlsa-da, uning sof foydasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 27,8 foizga kamaygan. My-Insurance kompaniyasi rentabellik boʻyicha rekord darajadagi oʻsish surʼatlarini (+46 742%) namoyish etdi. Kafolat sugʻurta va Apex Insurance’da kuzatilgan pasayish tendensiyasiga qaramay, ular yuqori daromadlilik zonasida qolmoqda.
Undan tashqari, joriy yil mart oyida litsenziya olgan TBC sugʻurta 13,8 mlrd soʻm sof foyda olganini ham taʼkidlab oʻtish kerak.
5 mlrddan 10 mlrd soʻmgacha foyda qilganlar:
| № | Kompaniya nomi | Sof foyda (mlrd soʻm) | Oʻsish foizi |
| 1 | Imkon Sugʻurta | 9,5 | -47,1% |
| 2 | Xalq Sugʻurta | 7,2 | +421,9% |
| 3 | Ingo-Uzbekistan | 5,8 | -25,9% |
1 mlrddan 5 mlrd soʻmgacha foyda olganlar:
| № | Kompaniya nomi | Sof foyda (mlrd soʻm) | Oʻsish foizi |
| 1 | Infinity Insurance | 4,1 | +154,2% |
| 2 | Aria sug‘urta | 3,7 | +62% |
| 3 | Temiryoʻl sugʻurta | 3,5 | -55,2% |
| 4 | Oʻzbekinvest Hayot | 2,4 | +212,1% |
| 5 | INSON | 2,0 | +310,6% |
| 6 | ALFA LIFE INSURANCE | 1,6 | +211,5% |
| 7 | Kapital Sug‘urta | 1,6 | -3,4% |
Sof foydasi 1 mlrd soʻmdan past boʻlganlar:
| № | Kompaniya nomi | Sof foyda (mlrd soʻm) | Oʻsish foizi |
| 1 | Neo Insurance | 912,0 | — |
| 2 | IShONCh sug'urta | 912,0 | +41% |
| 3 | Kafolat Hayot Insurance | 809,6 | -37,2% |
| 4 | Trust Insurance | 768,9 | -10,1% |
| 5 | Oʻzbekiston qayta sugʻurta kompaniyasi | 436,3 | — |
| 6 | Apex Life Insurance | 147,1 | -89,4% |
| 7 | Semurg Insurance | 87,3 | -17,1% |
| 8 | Agros Hayot | 65,7 | +100,5% |
Zarar bilan yakunlaganlar:
| № | Kompaniya nomi | Sof foyda (mlrd soʻm) | Oʻsish foizi |
| 1 | EUROASIA LIFE INSURANCE | -296 mln | zarar +91,1% ga qisqargan |
| 2 | Goodwill Capital | -388,7 mln | -105% |
| 3 | Faravon sugʻurta | -419 mln | -3 915% |
| 4 | Global Insurance Group | -1,0 mlrd | -447,2% |
| 5 | IMPEX-INSURANCE | -5,3 mlrd | zarar +2 478 ga qisqargan |
| 6 | Asia insurance | -19,3 mlrd | -333,8% |
Hisobot davrida 6 ta sugʻurta kompaniyasi salbiy moliyaviy natija qayd etdi. Bozorning eng yirik zarari Asia insurance (-19,3 mlrd soʻm) hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Faravon sugʻurta’ning zararlari oʻtgan yilga nisbatan bir necha barobar ortgan. Ayni paytda esa Impex-Insurance koʻrgan zarar miqdori bir necha baravrga qisqardi.










