12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

14 606.450 so‘m

decrease

-66.360

163.750 so‘m

increase

0.300

12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

2 kun avval
Bozor

Oʻzbekiston oltin zaxiralari yil boshidan beri 26 tonnaga kamaydi

Markaziy bank ketma-ket uchinchi oyda ham oltin sotish boʻyicha jahonda yetakchilikni saqlab qoldi. Aprel oyida Oʻzbekiston 11 tonna oltin sotgan.

Oʻzbekiston oltin zaxiralari yil boshidan beri 26 tonnaga kamaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston aprel oyida ham oltin sotish boʻyicha dunyoda yetakchilikni saqlab qoldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi maʼlumot berdi.

Mamlakat Markaziy banki ketma-ket uchinchi oyda sof oltin eksporti boʻyicha global miqyosda yetakchi boʻlib turibdi. Aprel oyida bank 11 tonna sof oltin sotgan boʻlsa, yil boshidan buyon bu koʻrsatkich 26 tonnaga yetgan.

Mazkur davrda Polsha oltin xaridi boʻyicha yetakchi boʻldi. Polsha Markaziy banki aprel oyida zaxirasini 12 tonnaga oshirib, yil boshidan buyon jami 61 tonna oltin sotib olgan.

Undan keyingi oʻrinlarda esa Chexiya (3 tonna), Xitoy, Turkiya va Qirgʻiziston (har biri 2 tonnadan), shuningdek Qozogʻiston va Iordaniya (1 tonnadan) qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyida Oʻzbekiston 12 tonna oltin eksport qilib, Qozogʻistondan (8 tonna) oʻzib ketgan va jahonda eng yirik oltin sotuvchisi boʻlgan. Mart oyida esa mamlakat yana 11 tonna oltin sotib, bu pozitsiyani saqlab qolgan.

Aprel oyida eksport qilingan oltin qiymati $1,91 mlrdga teng boʻldi.

Shuningdek, aprel oyida Oʻzbekistonning xalqaro oltin-valyuta zaxiralari ham rekord darajaga yetdi. U oʻtgan oyga nisbatan $1,4 mlrdga koʻpayib, $49,25 mlrdni tashkil etdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+