12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

07-avgust, 11:25
Bozor

Oʻzbekiston iyun oyida jahon boʻyicha eng koʻp oltin xarid qilgan davlat boʻldi

Oʻzbekiston iyun oyida 9 tonna oltin xarid qilib, jahon miqyosida eng yirik xaridor sifatida qayd etildi. Eʼtiborlisi, bunga qadar mamlakat ketma-ket toʻrt oy davomida oltin sotuvchisi boʻlib kelgan edi.

Oʻzbekiston iyun oyida jahon boʻyicha eng koʻp oltin xarid qilgan davlat boʻldi
Foto: AI / Pinkod.uz

Jahon oltin kengashi (World Gold Council) maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning iyun oyida Oʻzbekiston Markaziy banki eng koʻp oltin xarid qilgan markaziy bank sifatida jahon yetakchisiga aylangan.

Iyun oyida dunyo markaziy banklari oʻz oltin zahiralarini jami 22 tonnaga oshirgan boʻlsa, shundan 9 tonnasi Oʻzbekiston hissasiga toʻgʻri kelgan.

Eʼtiborlisi, bunga qadar mamlakat ketma-ket toʻrt oy davomida oltin sotuvchisi boʻlib kelgan edi. 

Xususan, fevral oyida mamlakat 12 tonna oltin eksport qilib, 8 tonna sotgan Qozogʻistondan oʻzib ketgan. Mart oyida ham 11 tonna oltin eksport qilinib, bu pozitsiya saqlab qolinadi. Aprel oyida esa 11 tonna oltin eksport qilingan boʻlib, uning umumiy qiymati 1,91 milliard dollarni tashkil etgan.

Biroq may oyida Oʻzbekiston atigi 1 tonna oltin eksport qilib, ikkinchi oʻringa tushdi. Iyun oyida esa mamlakat oltin sotmagan, aksincha, eng koʻp miqdorda xarid qilgani bilan ajralib turdi.

Iyun oyida 7 tonna oltin xarid qilgan Qozogʻiston Milliy banki ikkinchi oʻrinni egalladi. Xitoy Xalq banki, Turkiya Markaziy banki va Chexiya Milliy banki esa har biri iyun oyida 2 tonnadan oltin xarid qilgan.

Birinchi yarim yillik

Shu bilan birga, Oʻzbekiston 2025 yilning birinchi yarmida qimmatbaho metallarni sotish boʻyicha ham yetakchilikni saqlab qolmoqda — mamlakat shu davr ichida qariyb 18 tonna oltin eksport qilgan. Solishtirish uchun, Singapur biroz kamroq — 16 tonna oltin sotgan.

Boshqa tomondan, oltin xaridi boʻyicha yetakchilik Polsha Milliy bankiga tegishli — u yarim yil ichida 67 tonna oltin sotib olgan. Ikkinchi oʻrinda 35 tonna bilan Ozarbayjon Davlat neft fondi, uchinchi oʻrinda esa 22 tonna bilan Qozogʻiston joy olgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+