12 019.270 so‘m

increase

32.970

13 984.420 so‘m

increase

46.750

165.650 so‘m

increase

2.040

12 019.270 so‘m

increase

32.970

26-avgust, 2025
Bank
888

Oʻzbekiston banklaridagi mikroqarz foiz stavkalari qanday oʻzgarmoqda?

Eng yuqori mikroqarz stavkasi TBC Bank’da qayd etilgan boʻlib, 42,3 foizni tashkil qilmoqda. Eng past koʻrsatkich esa 22,8 foiz bilan Aloqabankda boʻlib, bank sakkizinchi haftadirki eng arzon taklifni saqlab kelmoqda.

Oʻzbekiston banklaridagi mikroqarz foiz stavkalari qanday oʻzgarmoqda?
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank haftalik maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistondagi banklarning mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari avvalgi haftaga nisbatan biroz pasaydi. 

Eng yuqori stavkalar

Banklar kesimida eng yuqori foiz stavkalari bu safar ham TBC Bank hissasiga toʻgʻri kelmoqda — 42,3%. Shuningdek, Anorbank (40,8%) va Tenge Bank (39,8%) ham yuqori koʻrsatkichlarga ega.

Undan tashqari, Davr bank (37,4%) va Ipoteka bank (36,9%)dagi stavkalar ham oʻrtachadan yuqori boʻlib turibdi.

Nisbatan past foiz stavkalari

Ketma-ket sakkizinchi haftadirki, Aloqabank mikroqarzlar boʻyicha eng past foiz stavkasini taklif qilmoqda. Bankdagi oʻrtacha stavka 22,8 foizni tashkil etmoqda. Shunga qaramay, bu koʻrsatkich oʻtgan oyning ayni shu davriga nisbatan 1,6 foizga koʻtarilgan. Shuningdek, quyidagi banklar ham nisbatan arzonroq mikroqarz bermoqda:

  • NBU — 26%
  • Trastbank — 26,1%
  • Orient Finans Bank — 26,1%
  • Infinbank — 26,6%

Boshqa banklar

Qator boshqa banklarda foiz stavkalari 27–30% oraligʻida shakllangan. Jumladan:

  • Asaka Bank — 27%
  • Turonbank — 27,1%
  • MK Bank — 27,3%
  • Agrobank — 27,6%
  • BRB — 27,9%

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+