12 042.490 so‘m

decrease

-18.060

14 147.520 so‘m

decrease

-35.690

160.550 so‘m

decrease

-0.770

12 042.490 so‘m

decrease

-18.060

1 soat avval
Bank
27

Mikroqarz, ipoteka va avtokredit: qaysi banklar eng past foiz taklif qilmoqda?

Markaziy bank 22 apreldan boshlab ipoteka kreditlari boʻyicha ham oʻrtacha foiz stavkalarini eʼlon qila boshladi. Hozirda ipoteka kreditlarining oʻrtacha stavkasi 23,5%, avtokreditlar 22,8% va mikroqarzlar 29,1% ni tashkil etmoqda. Eng past stavkalar ipoteka boʻyicha “Aloqabank”da 18%, avtokreditlarda “Infinbank”da 18,5% va mikroqarzlarda yana “Aloqabank”da 24,1% darajasida qayd etilgan.

Mikroqarz, ipoteka va avtokredit: qaysi banklar eng past foiz taklif qilmoqda?
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank 22 apreldan boshlab banklar kesimida ipoteka kreditlari boʻyicha ham oʻrtacha foiz stavkalarini eʼlon qila boshladi. Avval faqat mikroqarz va avtokreditlar boʻyicha foiz stavkalari eʼlon qilinayotgan edi.

Ipoteka kreditlari 

Ipoteka kreditlarining oʻrtacha foiz stavkasi 23,5% ni tashkil etmoqda. Mazkur yoʻnalishda isteʼmolchilar uchun eng past foiz stavkalarini quyidagi tijorat banklari taklif etmoqda:

  • “Aloqabank” — 18,0% (eng past koʻrsatkich)
  • “Oʻzsanoatqurilishbank” (SQB) — 21,2%
  • “Agrobank” — 21,3%
  • “Ipoteka-bank” — 21,6%

Avtokreditlar 

Avtotransport vositalarini xarid qilish maqsadida ajratilayotgan kreditlarning oʻrtacha bozordagi stavkasi 22,8% darajasida belgilangan. Ushbu turdagi kreditlar boʻyicha eng qulay shartlar quyidagi banklarda mavjud:

  • “Infinbank” — 18,5%
  • “BRB” (Biznesni rivojlantirish banki) — 18,7%
  • “Davr bank” — 19,6%
  • “Oʻzsanoatqurilishbank” (SQB) — 21,5%

Mikroqarzlar 

Jismoniy shaxslarga ajratilayotgan mikroqarzlarning oʻrtacha foiz stavkasi 29,1% ni tashkil etadi. Biroq ayrim moliya muassasalarida ushbu xizmat turi nisbatan pastroq foizlarda taqdim etilmoqda:

  • “Aloqabank” — 24,1% 
  • “Milliy bank”(“Oʻzmilliybank”) — 24,2% 
  • “Infinbank” — 24,3%
  • “Trastbank” — 24,7%

Eng qimmat stavkalar:

  • “Tenge bank” — 42,7% 
  • “Anorbank” — 40,4% 
  • “AVO bank” — 39,9%

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+